
Miriam Rivera 1964-yilda Dunkirk (Nyu-York) shahrida Puerto-Rikodan kelgan muhojir dehqonlar oilasida tug‘ilgan. O‘sha davrda AQShda ayollar erkaklarning imzosisiz kredit karta yoki ipoteka olish huquqiga ega emasdi. Fuqarolik huquqlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan bo‘lsa-da, Nyu-York fond birjasida birinchi ayol a‘zo bo‘lishiga hali uch yil bor edi.
Mana oradan 60 yil o‘tibdiki, Miriam Rivera Ulu Ventures venchur kapital firmasining hammuassisi va bosh direktori sifatida faoliyat yuritmoqda. Palo-Alto shahrida joylashgan kompaniya 400 million dollarlik aktivlarni boshqaradi va uning portfelida 10 ta “yunikorn” kompaniya mavjud. Rivera bolaligidan Kremniy vodiysigacha bo‘lgan sayohatini investitsiya falsafasi orqali tasvirlaydi. “Men har doim uzoq muddatli imkoniyatlarni qidiraman. Chunki darajaviy qonuniyatga asoslangan dunyoda aynan kam sonli imkoniyatlar eng katta foyda keltiradi”, deydi u.
Innovatsiya va yetakchilik
Pegg Jonson 62 yoshda va u Agility Robotics kompaniyasining bosh direktori. Jonson 2014-yilda Microsoft kompaniyasi bosh direktori Satya Nadella tomonidan ishga qabul qilingan. Keyinchalik esa kompaniyaning 26 milliard dollarlik LinkedIn xaridini boshqargan. Hozirda Jonson rahbarlik qilayotgan kompaniya ish joylariga moslashuvchan robotlar ishlab chiqaradi.
Rivera singari, Jonson ham o‘z muvaffaqiyatini bolalikdagi tajribalariga bog‘laydi. U 15 farzandli oilada voyaga yetgan, qiyinchiliklar esa unda yetakchilik qobiliyatini shakllantirgan.
1972-yilda tug‘ilgan Ava Marie DuVernay amerikalik rejissyor, ssenariynavis va prodyuser. U Emmy, NAACP, Image mukofotlarini ikki martadan vabir marta BAFTA sovrinini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Oskar va Oltin Globusga nomzod bo‘lgan. 2011-yilda ARRAY distributsiya kompaniyasiga asos solgan. “Men har doim 30 yoshgacha 30 ta muvaffaqiyatli inson ro‘yxatiga kirishni xohlaganman, lekin hech qachon kira olmaganman. Men doim bu imkoniyatni qo‘ldan chiqardim derdim. Lekin qarang, men 50 yoshdan keyin muvaffaqiyatga erishgan ayollar ro‘yxatidaman! Bu ajoyib!”
Murabbiylik va muvaffaqiyat
Don Steyli basketbol murabbiyi sifatida o‘z kasbining cho‘qqisiga 50 yoshdan keyin chiqdi. U Janubiy Karolina universitetining basketbol jamoasini uch marta milliy chempionlikka olib chiqdi va murabbiylik uning hayot mazmuniga aylanganini tushundi. “Murabbiylik – mening ikkinchi terim”,deydi Steyli.
Qahramonlarimiz inson uchun yosh cheklov emasligi, tajriba muvaffaqiyat sari yo‘ldagi eng yaxshi yo‘ldosh ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
Tayyorladi: Xondamirovna
Fikr bildirish