
2025-yilda O‘zbekistonda to‘lov ekotizimida muhim o‘zgarishlar kutilyapti. Markaziy bank naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun yagona universal QR-kod tizimini ishlab chiqmoqda. Bu haqida 11-aprel kuni bo‘lib o‘tgan media-muloqotda To‘lov tizimlari departamenti rahbari o‘rinbosari Miraziz Mirhayotov ma’lum qildi.
Nima o‘zgaradi?
Bugungi kunda tadbirkorlar bir nechta to‘lov operatorlariga tegishli turli QR-kodlarni savdo joylariga joylashtirishga majbur. Bu xaridor uchun noqulaylik, tadbirkor uchun esa ortiqcha tashvish va chalkashlik demak.
Markaziy bank esa bu muammoni bitta standart QR orqali hal qilmoqchi. Yagona QR-kod yordamida xaridor:
- o‘zi xohlagan to‘lov ilovasini tanlaydi;
- to‘lovni istalgan bank yoki servis orqali amalga oshiradi;
- hech qanday qo‘shimcha skaner, terminal yoki ilovalar o‘rtasida almashishga ehtiyoj sezmaydi.
Bu tizimni to‘liq ishlab chiqish uchun taxminan bir yil vaqt kerak bo‘ladi.
Raqamlar nimani ko‘rsatmoqda?
2024-yil davomida:
- QR-kod olgan tadbirkorlar soni — 108 mingdan oshgan
- QR orqali amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi — 441,79 mlrd so‘m
- Bu o’tgan yilga nisbatan 31% o‘sish degani
Bu tendensiya shuni ko‘rsatadiki, naqd pulsiz to‘lovlar tez sur’atlar bilan ommalashmoqda. Yagona QR-kod bu jarayonni yana-da soddalashtiradi.
Nega bu tadbirkorlar uchun foydali?
POS-terminal o‘rnatish talab qilinmaydi — xarajatlar kamayadi
Po‘lov avtomatik ravishda soliq tizimiga integratsiyalashgan — keshbek avtomatik hisoblanadi
Xaridorlar uchun qulay — xarid qilish jarayoni soddalashadi
Fikr bildirish