Press ESC to close

AloqaVentures Connected startapiga $20 000 investitsiya kiritdi

AloqaVentures “Innovatsion yoshlar” dasturi doirasida navbatdagi texnologik startapga sarmoya yo‘naltirdi. Bu safar tanlov Connected platformasiga to‘g‘ri keldi — loyiha $20 000 miqdorida investitsiya oldi.

Connected — maslahat olishni soddalashtirgan startap

Connected — bu foydalanuvchilarni mutaxassislar bilan bog‘laydigan, maslahatlarni onlayn tarzda tashkil etishga mo‘ljallangan platforma. Startap bir nechta muhim funksiyalarni bitta tizimga jamlagan:

  • Ekspertlar bazasi: O‘zbekistonning eng yirik kompaniyalarida ishlovchi malakali mutaxassislar
  • Xavfsiz to‘lov: avtomatlashtirilgan, ishonchli to‘lov tizimi
  • Qulay qidiruv: filtrlar va jadval asosida mos ekspertni topish
  • Ichki videoqo‘ng‘iroq tizimi: uchrashuvni yozib olish funksiyasi bilan
  • Biznes modeli: komissiyaga asoslangan monetizatsiya

Startap kelgusida mobil ilova, B2B integratsiya va offline xizmatlar orqali kengayishni rejalashtirmoqda.

Innovatsion yoshlar dasturi haqida

AloqaVentures “Innovatsion yoshlar” dasturi orqali g‘oya yoki MVP bosqichidagi startaplarga $20 000 gacha investitsiyalar ajratishni yo‘lga qo‘ygan. Maqsad — texnologik ekotizimni quvvatlash va istiqbolli loyihalarni erta bosqichda qo‘llab-quvvatlash.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan