
AloqaVentures Deepen startapiga 100 ming dollar miqdorida sarmoya yo‘naltirdi. Deepen — fitnes klublar uchun mo‘ljallangan ERP tizimini taklif etuvchi platforma bo‘lib, u sport muassasalari faoliyatini avtomatlashtirish va soddalashtirishga xizmat qiladi. Bu esa sport zallari egalari uchun ish jarayonini optimallashtirib, mijozlarga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini yaratadi.
Mazkur investitsiyadan avval Deepen umumiy hisobda $108,000 miqdorida sarmoya jalb qilgan bo‘lib, uning $25,000 qismini C-Angels taqdim etgan.
AloqaVentures ushbu sarmoya orqali o‘zining vertical SaaS yo‘nalishidagi portfelini kengaytirmoqda. Kompaniya Deepen’ning O‘zbekiston bozorida fitness-tech sohasida yetakchilik qilishiga va MDH hududida kengayish imkoniyatlariga ishonch bildirmoqda.
Fikr bildirish