Press ESC to close

AloqaVentures UySot startapiga investitsiya kiritdi

UySot – ko‘chmas mulk bozori uchun CRM va marketpleys platformasi hisoblanadi. Platforma bugungi kunda 20 mingdan ortiq foydalanuvchilarga hamda 100 ga yaqin hamkorlarga ega.

Sun’iy intellektga asoslangan CRM tizimi va Marketpleys quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi:The artificial intelligence-based CRM system and Marketplace include the following capabilities:

CRM

– lidlarni boshqarish;

– ko‘chmas mulk obyektlar bazasi boshqaruvi;

– hujjatlar generatsiyasi;

– biznes analitika.

– moliyaviy instrumentlar.

Marketpleys

– ko‘chmas mulk qidirish;

– aktiv obyektlar ro‘yxati;

– aktual va hamyonbop narxlar;

– moliyaviy instrumentlar.

Shuningdek, platforma payme, Uzum kabi to‘lov tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar, banklar hamda Online PBX, Sipuni onlayn qo‘ng‘iroq qilish xizmatlari bilan integratsiya qilingan. Qo‘shimcha ma’lumotlarni uysot.uz rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan