Press ESC to close

Apple’ning $95 milliardlik choraklik daromadi: foyda rekord darajada,  bosim esa ortmoqda

2025-yil 1-may kuni Apple navbatdagi milliard dollarlik daromad haqida hisobot berdi. Biroq bu safar investorlar quvonish o‘rniga ehtiyotkorona yondashdi – kuchli moliyaviy natijalari ortida bir qator jiddiy tahdidlar ko‘zga tashlanmoqda: Xitoyda o‘sish sur’atining pasayishi,bojxona bosimi, sun’iy intelektdagi kechikish va sud bosimi.

Kuchli ko‘rsatkichlar, ehtiyotkor bozor

2025-yilning 2-choragida Apple $95.4 milliard daromad haqida xabar berdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 5% ko‘p. Sof foyda $24.78 milliardga yetdi, har bir aksiya uchun daromad (EPS) esa $1.65 bo‘lib, Wall Street prognozlaridan yuqori bo‘ldi.

iPhone savdosi hanuz $46.84 milliardlik savdo bilan yetakchilikni saqlab qolmoqda. Xizmatlar segmenti esa (iCloud, Apple Music va App Store) $26.64 milliardga yetib yangi rekord o‘rnatdi — bu Apple’ning faqat texnika bilan cheklanmasdan o‘sishga qaratilgan strategiyasi to‘g‘ri yo‘ldaligini tasdiqlaydi. Biroq Mac ($7.95 milliard) va iPad ($6.4 milliard) savdolari nisbatan kamroq bo‘lib, natijalar sust bo‘lib chiqdi.

Unda nega Apple aksiyalari kun yakunidagi savdolar davomida 4 foizdan ko‘proq arzonlashdi?

Xitoy muammosi

Bitta so‘z bilan javob: Xitoy. Apple uchun muhim hudud sanalgan Katta Xitoyda daromad 2.3% ga qisqarib ketdi. Bu pasayish xavotirli, ayniqsa Huawei va Xiaomi kabi xitoylik raqobatchilar bozordagi ulushini kengaytirayotgan bir paytda. Geosiyosiy tangliklar kuchayib borar ekan, Apple’ning Xitoydagi ishtiroki kuch emas, balki tobora xavfga aylanishi mumkin.

Tim Cook mintaqadagi bosimni tan oldi, biroq Apple hali ham Xitoyda imkoniyatlar borligini ta’kidladi. Ammo investorlar geosiyosiy vaziyat va bojlar sabab xavotirga tushgan.

$900 millionlik bojlar — va yangi ta’minot zanjiri strategiyasi

Tim Cook yangi AQSh bojxona to‘lovlari Apple’ga keyingi chorakda qo‘shimcha $900 million xarajat keltirishi mumkinligini tasdiqladi. Bu katta zarba — va Apple ga javoban ishlab chiqarishni boshqa davlatga ko‘chirish rejasini tezlashtirmoqda.

  • Endilikda AQShda sotiladigan iPhone’larning aksariyati Hindistonda ishlab chiqariladi.
  • Mac va iPad’lar esa Vyetnamda yig‘iladi.

Bu qaror faqat xarajatlarni kamaytirish, balki strategik xavflarni boshqarish maqsadida qabul qilindi. Apple uzoq vaqt davomida Xitoy fabrikalariga haddan tashqari tayanib kelgani uchun tanqid qilingan edi. Endi esa kompaniya global ishlab chiqarishni yanada muvozanatli qilishga urinmoqda. Biroq bunday o‘zgarishlar vaqt talab qiladi va o‘ziga xos muammolarni ham keltirib chiqaradi.

Sun’iy intellektdagi kechikishlar va investorlar shubhasi

Google va Microsoft generativ AI texnologiyalarini mahsulotlariga faol integratsiya qilayotgan bir paytda, Apple bu borada sekin harakat qilmoqda. Apple’ning uzoq kutilgan AI funksiyalari — xususan, takomillashgan Siri — hali ommaga taqdim etilmadi. Tim Cook iyun oyidagi WWDC tadbirida ko‘proq AI yangiliklari taqdim etilishini va’da qilgan, biroq bu kechikishlar investorlar e’tiboridan chetda qolmadi. Apple bu tez o‘zgarayotgan sohada raqobatlasha oladimi?

Huquqiy bosim: App Store tergov ostida

Apple’ning tashvishlariga yana biri qo‘shildi: kompaniya App Store siyosati bo‘yicha huquqiy muammolarga duch kelmoqda. Sudya ushbu ishni jinoiy ishga aylantirish ehtimoli bilan tergovga yubordi — agar tartibga soluvchilar uni chuqurroq ko‘rib chiqsa, bu Apple uchun jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Kompaniyaning o‘z ekotizimidagi hukmronligi anchadan beri tanqid ostida edi — va bu holat ishlab chiquvchilar va raqamli xizmatlar ustidan nazoratni cheklashga qaratilgan kengroq harakatning boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Xulosa: foyda kuchli, ammo kelajak murakkab

Apple hali ham texnologiya sohasida yirik daromad manbai bo‘lib qolmoqda. Biroq endi u yanada murakkab davrda harakat qilmoqda. Ba’zi omillar uning kelajakdagi pozitsiyasini murakkablashtirmoqda:

  • iPhone hanuz hukmron, lekin o‘sish sekinlashmoqda.
  • Xitoy endi faqat bozor emas — balki xavfga aylandi.
  • Bojlar haqiqat, va ta’minot zanjirlari tez sur’atda o‘zgarmoqda.
  • AI borasida bo‘shliq mavjud, va Apple kechikmoqda.
  • Regulyatorlar bosimni kuchaytirmoqda, va sud jarayonlari jadal ketmoqda.

Apple’da bu vaziyatga javob qaytarish uchun moliyaviy imkoniyat va tajriba yetarli. Biroq bu chorak bir narsani eslatdi: eng qudratli texnologik kompaniyalar ham doimiy bosim ostida.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan