
Toshkent, 25-may, 2025 — O‘zbekiston startap ekotizimida yangi sahifa ochilmoqda. Mamlakatning yetakchi innovatsion platformasi Startup Garage, investitsiya kompaniyasi AloqaVentures, Royal Taxi asoschilaridan Shukrulloh Lutfullaev va xalqaro startap maslahatchisi Alisher Khasanov bilan hamkorlikda mutlaqo yangi yondashuvga ega akselerator dasturini ishga tushirdi.
Bu dastur O‘zbekistonning eng salohiyatli 15 nafar tadbirkorini tanlab olib, ularga global miqyosda raqobatbardosh kompaniyalar qurishda to‘liq ko‘maklashadi. Arizalar hozirdan boshlab 2025-yil 25-iyungacha qabul qilinadi. Dastur esa 2025-yil iyul oyida start oladi.
“Bu oddiy startap dasturi emas,” — deydi Startup Garage asoschisi Muxammad Xalil. — “Biz tez sur’atda o‘sadigan va xalqaro bozorlarga chiqishga tayyor startaplar uchun real tayanch yaratmoqdamiz.”
Nima uchun bu dastur o‘zgacha?
Yangi akselerator dasturi uchta asosiy ustunga tayangan:
- Founder-First yondashuvi: Har bir asoschining o‘sishi va natijaga yo‘naltirilgan ishlashi uchun qo‘llab-quvvatlov.
- Globalga tayyorlik — ilk kundan boshlab: Mahsulotni xalqaro bozorda sinovdan o‘tkazish va moslashtirish.
- Mahalliy ildizlar, global ambitsiya: O‘zbekistonning kuchli tomonlaridan foydalangan holda dunyo bozorlariga chiqish.
Akseleratorning yetakchi maslahatchisi Alisher Khasanov — Google for Startups va Astana Hub ko‘magida yaratilgan Silkway Accelerator rahbari sifatida tanilgan. U Yevropa, BAA, Rossiya va Avstraliyadagi ko‘plab startaplarning global o‘sishiga hissa qo‘shgan.
“Biz tadbirkorlarni o‘qitish uchun emas, haqiqiy kompaniyalar qurish uchun keldik,” — deydi Khasanov.
Muhim sanalar:
Arizalar ochiq: Hozir
So‘nggi muddat: 2025-yil 25-iyun
Dastur boshlanishi: 2025-yil iyul
Tanlov asosida qabul: Faqat 15 nafar asoschi
Hamkorlar haqida:
- Startup Garage — Markaziy Osiyo va MENA mintaqasidagi ilg‘or startaplarni yaratishga ixtisoslashgan yetakchi venchur studiya.
- AloqaVentures — O‘zbekistondagi fintech va texnologiya yo‘nalishidagi erta bosqichdagi startaplarga sarmoya kirituvchi kompaniya.
- Royal Taxi — Markaziy Osiyodagi eng tez o‘sayotgan raqamli transport platformalaridan biri.
- Alisher Khasanov — global miqyosda tan olingan startap maslahatchisi, startaplarni xalqaro bozorlarga olib chiqish bo‘yicha mutaxassis.
“O‘zbekiston bugun nafaqat mintaqa, balki butun dunyo uchun mahsulot yarata oladigan asoschilarga ega,” — deydi AloqaVentures hamkori Davron Parmonov. — “Bu dastur — global o‘sishga tayyor yangi avlod startaplarining boshlanish nuqtasidir.”
Qo‘shimcha ma’lumot va ariza uchun: www.startupgarage.uz | info@startupgarage.uz
Fikr bildirish