
Microsoft Bing ilovasiga yangi sun’iy intellekt funksiyasi qo‘shildi. Endilikda foydalanuvchilar matn orqali video yaratishlari mumkin. Bu imkoniyat OpenAI’ning ilg‘or Sora modeli asosida ishlaydi.
Bu texnologiya ilgari faqat pullik foydalanuvchilarga taqdim etilgan edi. Bing ilovasi esa uni bepul foydalanishga ochdi. Har bir foydalanuvchi Microsoft akkauntiga kirgan holda 10 tagacha video yaratishi mumkin.
Videolar haqida:
- Har biri 5 soniyalik
- Hozircha faqat vertikal format (9:16)
- 3 tagacha video navbatga qo‘yish mumkin
- Tez rejim bo‘lsa ham, ba’zi holatlarda video tayyorlanishi bir necha soatni oladi
Bu imkoniyat ayniqsa startaplar, SMM mutaxassislari va kontent yaratuvchilar uchun foydali. Tez orada gorizontal formatlar va video uzunligini sozlash funksiyasi ham qo‘shilishi kutilmoqda.
Fikr bildirish