Press ESC to close

OpenAI GPT-4o modeli O’Reilly Media kitoblaridan ruxsatsiz foydalanganmi?

AI Disclosures Project tomonidan e’lon qilingan yangi tadqiqotga ko‘ra, OpenAI o‘zining GPT-4o modelini tayyorlashda O’Reilly Media‘ning pullik va yopiq kitoblaridan foydalanishi mumkin.

Tadqiqotchilar 34 ta O’Reilly kitobidan 13 962 ta parcha olib, GPT-4o va boshqa modellarning bu matnlarni qanchalik tanishini tekshirdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, GPT-4o modeli GPT-3.5 Turbo ga qaraganda ancha ko‘p yopiq kontentni aniqlay oladi.

Bu OpenAI ruxsatsiz ma’lumotdan foydalangan bo‘lishi mumkin degan taxminni kuchaytiradi. Chunki O’Reilly Media hech qanday litsenziya bermagan.

Tadqiqotda DE-COP usulidan foydalanilgan bo‘lib, u modelda muayyan matnlar oldindan mavjud bo‘lganini aniqlashga yordam beradi.

Mualliflar bu aniq isbot emasligini tan olishadi — ayrim matnlar foydalanuvchilar tomonidan ChatGPT’ga ko‘chirib kiritilgan bo‘lishi mumkin.

OpenAI izoh bermagan. Biroq kompaniya ilgari ham mualliflik huquqlari bilan bog‘liq sud ishlari markazida bo‘lgan. Shuningdek, ayrim kontent egalaridan foydalanish uchun pullik shartnomalar tuzgani va opt-out mexanizmlari taklif qilgani ma’lum.

AI kompaniyalari sifatli ta’lim ma’lumotlari uchun kurashayotgan bir vaqtda, bu kabi da’volar ularning qonuniy va axloqiy me’yorlarga rioya etayotganiga doir savollarni yana bir bor ko‘ndalang qo‘ymoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan