
2025-yil boshida tashkil etilgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari sifatida faoliyat yuritgan Elon Musk iste’foga chiqdi. U byurokratiyani qisqartirish va xarajatlarni kamaytirishga intilgan edi, biroq bu jarayonda minglab xodimlar ishdan bo‘shatildi va agentliklar yopildi.
📉 Musk iste’fosiga sabab sifatida Trampning katta davlat xarajatlarini ko‘zda tutuvchi yangi qonun loyihasiga bildirgan tanqidi ko‘rsatilmoqda. U bu qonunni DOGE maqsadlariga zid deb hisoblagan.
🔧 Endilikda u o‘z e’tiborini yana Tesla va SpaceX kabi kompaniyalariga qaratadi.
📎 Manbalar: Washington Post | AP News
Fikr bildirish