
28-mart kuni Ilon Mask o‘zining xAI kompaniyasiga tegishli sun’iy intellekt ishlanmalari doirasida katta bir yangilik bilan chiqdi — u ilgari Twitter nomi bilan tanilgan X ijtimoiy tarmog‘ini $33 milliardga xAI kompaniyasiga sotdi. Aslida bu “sotuv” o‘z ichki ekotizimidagi yirik strategik o‘zgarish bo‘lib, Maskning “super-ilova” g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida muhim qadam sanaladi.
Mask ta’kidlashicha, bu bitimdan so‘ng:
- xAI kompaniyasining bahosi $80 mlrdga yetgan
- X tarmog‘i qiymati esa $45 mlrddan qarzlarni chegirgach $33 mlrdga baholangan
“xAI va X ning kelajagi bir-biriga chambarchas bog‘liq. Bugun biz rasmiy ravishda ma’lumotlar, modellar, hisoblash quvvatlari va iste’dodlarni birlashtirish sari odim tashladik,” — dedi Mask.
Nima o‘zgaradi?
- Endilikda Grok sun’iy intellekti X platformasiga chuqur integratsiyalashadi.
- Birlashgan yangi tuzilma xAI Holdings deb nomlanadi.
- Bloomberg manbalariga ko‘ra, kompaniya umumiy qiymati $100 mlrddan oshadi.
- Bitimda moliyaviy maslahatchi sifatida Morgan Stanley ishtirok etgan.
Investorlar nega xavotirda?
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, investorlar bu birlashuv tafsilotlaridan bexabar qolgan. Ularning fikri inobatga olinmagan, tovon puli masalasi ham hanuzgacha noaniq.
Bundan tashqari, CNN manbasining yozishicha, Mask bu harakatlar orqali “sun’iy intellekt sohasida yetakchilik mavqeini mustahkamlash”ni ko‘zlamoqda. Bu esa siyosiy jihatdan ham Doland Tramp ma’muriyatining manfaatlariga mos tushadi.
Esingizda bo‘lsin:
- 2022-yilda Mask Twitter’ni $44 mlrdga sotib olgan edi.
- Keyinroq uni X Corp. tarkibiga qo‘shib, nomini X ga o‘zgartirdi.
- “Hamma narsa uchun ilova” yaratish Maskning uzoq yillik orzusi bo‘lib kelmoqda.
Bu orada Mask OpenAI’ni ham sotib olishga uringan edi, ammo Sam Altman bu taklifni rad etib, kinoyali javob qaytargan:
“Xohlasangiz, biz Twitter’ni $9,74 mlrdga sotib olishimiz mumkin.”
Fikr bildirish