
OpenAI’ning post-trening bo‘yicha vitse-prezidenti Liam Fedus kompaniyani tark etib, sun’iy intellekt va materialshunoslik yo‘nalishida yangi startap asos solayotganini ma’lum qildi.
The Information nashrining xabariga ko‘ra, Fedus OpenAI’dan ketish qarorini qabul qilgan va bu ma’lumotni X (sobiq Twitter) platformasida tasdiqlagan. O‘z bayonotida u shunday dedi:
“Bakalavr darajamni fizika yo‘nalishida olganman va bu texnologiyani shu sohada qo‘llashga qiziqaman. AI’ning fan sohasidagi imkoniyatlari OpenAI uchun strategik jihatdan eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, sun’iy umumiy intellekt (ASI)ga erishish yo‘lida katta rol o‘ynaydi. Shu sababli, OpenAI mening yangi kompaniyamga investitsiya kiritish va hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.”
Yangi startap Google DeepMind, Microsoft va boshqa texnologiya gigantlari bilan sun’iy intellekt yordamida materiallar yaratish bo‘yicha raqobatlashadi. 2023-yilda DeepMind o‘zining Gnome AI tizimi yordamida yangi olmoslarni aniqlaganini e’lon qilgan edi. Yaqinda esa Microsoft MatterGen va MatterSim nomli AI vositalarini taqdim etdi, ular materiallarni tadqiq qilish va yaratish jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, ayrim mutaxassislar hozirgi sun’iy intellekt texnologiyalari fundamental ilmiy kashfiyotlar qilish darajasiga yetmaganini ta’kidlamoqda.
Materialshunoslik va AI kesishmasida yangi yutuqlar kutilyaptimi? Bu boradagi yangiliklar tez orada o‘z aksini topishi mumkin.
Fikr bildirish