Press ESC to close

Grammarly aksiyasiz $1 milliard investitsiya oldi

Yozuv yordamchisi sifatida tanilgan Grammarly o‘z tarixidagi eng yirik moliyaviy kelishuvni amalga oshirdi — $1 milliardlik nondilutive (ya’ni aksiyalarni sotmasdan olingan) sarmoya oldi! 

Sarmoyani kim berdi?

General Catalyst — ayniqsa ularning maxsus Customer Value Fund (CVF) fonddan.

Bu sarmoya oddiy emas. Nima farqi bor?

Grammarly bu pulni oladi, lekin General Catalyst kompaniyadan aksiyalar olmaydi.
Grammarly bu mablag‘ni ma’lum bir foizli daromad orqali qaytaradi.
Bu — nondilutive funding, ya’ni Grammarly o‘z qiymatini pasaytirmaydi va boshqaruvni saqlab qoladi.

Qisqasi, Grammarly o‘z ulushidan voz kechmaydi, lekin o‘sish uchun zarur bo‘lgan kapitalni qo‘lga kiritadi.

Bu pul nimaga ketadi?

Grammarly bu mablag‘ni asosan sotuv va marketingga sarflaydi. Bu orqali ular ichki mablag‘ni bo‘shatib, strategik kompaniyalarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. (Fun fact: Grammarly yaqinda Coda nomli startupni sotib olgan edi.)

Kompaniyaning qiymati-chi?

2021-yilda Grammarly $13 milliardga baholangan edi (ZIRP davrida). Bugungi kunda bu baho ancha pastroq, lekin kompaniya hali ham $700 milliondan ortiq yillik daromad qilmoqda. 

CVF nima o‘zi?

General Catalyst’ning Customer Value Fund (CVF) — daromadi barqaror bo‘lgan kompaniyalarga “qarz”ga o‘xshash usulda kapital beradi. Bu fonddan ilgari Lemonade, Ro kabi kompaniyalar ham foydalanishgan.

Grammarly sarmoya oldi, lekin ulush bermadi.
Kompaniyaning AI va produktivlik yo‘nalishidagi o‘sishi davom etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan