
Joriy yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston tog‘-kon va geologiya vaziri Bobir Islomov “Henan Investment Group” kompaniyasi delegatsiyasi bilan tog‘-kon va geologiya sohalarida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va barqaror resurs bazasini yaratish masalalari muhokama qilindi.
“Henan Investment Group” kompaniyasi O‘zbekiston biznesning o‘sishi uchun strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, qo‘shma loyihalarni nazorat qilish uchun doimiy ishchi guruh tuzishni taklif qildi. Shuningdek, ular iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusiga muvofiq O‘zbekistonda vakolatxona ochish rejalarini ma’lum qildi.
Tomonlar takliflardan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar va qo‘shma loyihalar bo‘yicha batafsil harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Fikr bildirish