
OpenAI kompaniyasining Stargate data center (ma’lumot markazi) loyihasi katta umidlar bilan boshlangan bo‘lsa-da, hozirda muammolarga duch kelmoqda. Bloomberg xabariga ko‘ra, AQSh va boshqa davlatlarda sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish uchun 500 million dollar sarmoya jalb qilish rejalashtirilgan loyiha hali to‘liq amalga oshmayapti.
Asosiy sabablari:
- Tariflarning oshishi server rack, sovutish tizimlari, chiplar kabi jihozlar narxini 5–15% ga qimmatlashtirishi mumkin (Bloomberg manbasi – TD Cowen tahlili).
- Investorlar ishonchsizligi: Bozor sharoitining o‘zgaruvchanligi va arzonroq AI xizmatlarining paydo bo‘lishi sarmoyadorlarni ehtiyotkorlikka undayapti. Hatto asosiy hamkorlardan biri bo‘lishi kutilgan SoftBank ham hozircha aniq moliyaviy rejani taqdim etmagan.
- Haddan tashqari quvvat xavfi: Microsoft va Amazon kabi texnologik gigantlar ham yangi ma’lumot markazlari qurish rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda.
Bu holat startaplar va investorlar uchun muhim saboq bo‘lishi mumkin:
Kengayish rejalari aniqlik va ehtiyotkorliksiz barqaror natija bermaydi. Sun’iy intellektga bo‘lgan talab oshayotgan bir vaqtda, kapital talab qiluvchi infratuzilma loyihalari har tomonlama xavf va imkoniyatlar hisobga olingan holda amalga oshirilishi zarur.
OpenAI global AI innovatsiyasining markazida qolayotgan bo‘lsa-da, Stargate loyihasining qiyinchiliklarga duch kelishi har qanday texnologik tashabbus uchun muhim haqiqatni eslatadi: katta orzularni puxta rejalashtirish va xavfga qarshi strategiya bilan uyg‘unlashtirish shart.
Fikr bildirish