
2024-yil 24-dekabr kuni O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi IT Park bilan hamkorlikda birinchi marotaba Yulduz Tech Awards taqdimotini o‘tkazdi va IT sohasidagi yutuqlari uchun 25 nafar ayol taqdirlandi. Tadbirda ayollarni texnologiya sohasida qo‘llab-quvvatlash muhimligi aytib o’tildi. Birinchi o‘rinbosar Oleg Pekos bu milliy ustuvor vazifa va kelajakka investitsiya ekanini ta’kidladi.
Coursera platformasida O‘zbekistondan ayollar ishtiroki 49%ga yetib, yetakchi davlatlardan biriga aylandi. Bir million dasturchi va IT sertifikatlar to’lovini qaytarish dasturlari bu imkoniyatlarni kengaytirdi. Gender tengligi va boshqaruv indeksi bo‘yicha O‘zbekiston 103-o‘rindan 52-o‘ringa ko‘tarilib, muhim yutuqlarga erishdi. Taqdimot mentorlik va karyera rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilib, ayollarni IT sohasida yetakchi qilish maqsadi bilan o‘tkazildi.
Yandex va Women in Tech Uzbekistan kabi hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Yulduz Tech Awards innovatsiyalarni rivojlantirish va gender tenglikni ta’minlashda har yillik an’anaga aylanishi kutilmoqda.
Fikr bildirish