
Restoran va kafe egalari uchun biznesni raqamlashtirish va avtomatlashtirish endi yanada oson, tez va samarali bo‘ldi.
LaCafe (Lamenu) — bu zamonaviy HORECA sektori uchun ishlab chiqilgan kompleks avtomatlashtirish tizimi bo‘lib, sizga 3 kun ichida to‘liq yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

2024-yilda asos solingan LaCafe hozirga qadar 40 dan ortiq restoran va kafelarga xizmat ko‘rsatib, ularning ish faoliyatini soddalashtirish, daromadlarini oshirish va mijozlar bazasini kengaytirishda yordam berdi.
Nima uchun LaCafe?

LaCafe – bu oddiy dastur emas. Bu sizning restoraningizni raqobatchilardan ajratib turadigan kuchli ekotizim:

Onlayn menyu va veb-sayt
Mijozlar endi ovqat buyurtma qilish uchun qo‘ng‘iroq qilishi shart emas. O‘z restoraningiz nomidagi zamonaviy sayt orqali mijozlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma berishadi, yetkazib berishni tanlaydi va to‘lovni onlayn amalga oshirishadi.
Telegram-bot orqali buyurtmalar
Telegram O‘zbekistonda eng ommabop messenjerlardan biri. Shuning uchun LaCafe mijozlaringiz uchun Telegram-bot orqali tezkor buyurtma berish imkoniyatini taqdim etadi. Doimiy mijozlar uchun bu juda qulaydir!
Mobil ilova – mijozlar uchun
Mijozlaringiz mobil ilovani o‘rnatib:
- sevimli taomlarni buyurtma qiladi;
- yetkazib berish jarayonini real vaqtda kuzatadi;
- cashback va chegirmalardan foydalanadi.
Kuryerlar uchun ilova
Yetkazib berish xizmatingizni nazorat qilish hech qachon bunchalik oson bo‘lmagan. Har bir kuryer:
- o‘z topshiriqlarini ilova orqali oladi;
- marshrutni kuzatadi;
- yetkazib berish vaqtini qisqartiradi.
POS tizimi va onlayn to‘lovlar integratsiyasi
Qulay savdo, to‘lov va hisobot tizimi — bu LaCafe orqali naqd va elektron to‘lovlarni to‘liq boshqarish, va savdo faoliyatingizni nazorat qilish imkonini beradi.
Call-markaz
Har bir mijoz muhim. Biz siz uchun call-markaz tizimini yo‘lga qo‘yamiz, shunda telefon orqali kelgan buyurtmalar ham birorta boy berilmaydi.
Administrator paneli – yagona boshqaruv markazi
Barcha operatsiyalarni boshqarish uchun kuchli admin panel:
- real vaqt rejimida buyurtmalarni boshqarish;
- oshxona va kuryerlar yuklamasini ko‘rish;
- savdo, foyda va samaradorlik hisobotlari;
- mijozlar bazasi va marketing uchun kerakli ma’lumotlar;
- menyu, narxlar va chegirmalarni oson sozlash imkoniyati.
Sizga nima foyda?
LaCafe nafaqat avtomatlashtirish vositasi, balki sizning marketing va daromadingizni oshiruvchi kuchli qurolingizdir. Biz siz bilan birga ishlaymiz, natija uchun javobgarmiz. Biz bilan ishlash — bu o‘z biznesini zamonaviy bosqichga olib chiqish istagidagi har bir tadbirkor uchun to‘g‘ri tanlov.
Kimlar bilan ishlaymiz?
- Restoranlar
- Kafelar
- Fast-food va street-food brendlari
- Yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar
LaCafe – restoran biznesidagi ishonchli hamkoringiz!

Fikr bildirish