Press ESC to close

“LexAI” platformasi taqdimoti oʻtkazildi

O‘zbekiston Adliya vazirligi LexAI platformasini taqdim etdi. Bu innovatsion yechim sun’iy intellektdan foydalangan holda huquqiy masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan. Platformaning markazida fuqarolar va huquqshunoslarga real vaqt rejimida huquqiy savollarga javob berishga yordam beradigan sun’iy intellekt asosidagi chat-bot joylashgan.

Chat-botni ishlab chiqish uchun besh oy davomida ish olib borilib, 34 mingdan ortiq amaldagi normativ hujjatlar hamda 604 milliondan ortiq belgilarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi o‘rganildi. Bu esa uning aniq va dolzarb huquqiy ma’lumotlarni taqdim etishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov mazkur tashabbus haqida shunday dedi:
“Prezident hayotning barcha sohalariga sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha topshiriq berdi. LexAI platformasi bu yo‘nalishdagi birinchi qadamdir. O‘z hayotingizning huquqiy asoslarini o‘rganish har bir inson uchun muhim, ammo qonunlarning murakkab tili ularni tushunishni qiyinlashtiradi. Yangi platforma ushbu jarayonni soddalashtirishga qaratilgan”.

LexAI platformasining asosiy funksiyalari:

  1. Sun’iy intellekt asosidagi huquqiy chat-bot: Huquqiy savollarga real vaqt rejimida javob beradi.
  2. Hujjat konstruktorlari: Foydalanuvchilarga huquqshunos yordamisiz mustaqil ravishda hujjatlar tayyorlash imkonini beradi.
  3. Regulyativ ekspertiza xizmati: Yangi normativ hujjatlarni tahlil qiladi va muvofiqligini baholaydi.

Platforma huquq va IT sohasidagi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ochiq manbalardan (Open Source) foydalanmasdan tayyorlandi. Hozirda platforma huquqshunoslar tomonidan sinovdan o‘tmoqda va kelasi yilning yanvar oyida keng jamoatchilikka taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan