
Sun’iy intellekt modellarini baholashda keng qo‘llaniladigan LM Arena platformasi $100 millionlik sarmoya raundini yopdi. Bloomberg xabariga ko‘ra, bu investitsiya platformani $600 millionga baholanishiga olib keldi.
Raundga Andreessen Horowitz (a16z) va University of California’ning UC Investments fondi yetakchilik qildi. Shuningdek, Lightspeed Venture Partners, Felicis Ventures va Kleiner Perkins ham qatnashdi.
2023 yilda tashkil etilgan LM Arena – ko‘pchilik yetakchi AI laboratoriyalari (OpenAI, Google, Anthropic) o‘z modellarini sinovdan o‘tkazish va marketing qilish uchun tayanadigan platformaga aylangan. Platforma asosan UC Berkeley olimlari tomonidan yuritiladi.
Dastlab LM Arena grantlar va xayriyalar orqali moliyalashtirilgan. Hozirgi sarmoya esa uni kelajakda mustahkamroq texnologik poydevorga ega qilishga xizmat qiladi. Shunga qaramay, so‘nggi vaqtlarda ba’zi tadqiqotchilar LM Arena reyting tizimi yirik AI kompaniyalari tomonidan suiiste’mol qilinayotganini iddao qilishdi — bu ayblovlarni LM Arena qat’iyan rad etdi.
Fikr bildirish