Press ESC to close

Maqola yozing va “Mutolaa Premium”ni BEPUL qo‘lga kiriting

Pivot jamoasi “Eng yaxshi maqola” tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda ishtirok etish uchun maqolangiz startaplar va mashhur brendlarning tarixi, muvaffaqiyat omillari hamda qiziqarli faktlarini batafsil yoritib berishi kerak.

Tanlov shartlari:

  • Maqola startap va brendlar tarixini batafsil yoritib beruvchi bo‘lishi kerak.
  • Namuna maqola: “Chiptachilikdan dunyoga mashhur brend asosigacha – KFC qanday yaralgan?”
  • Maqola hajmi 5 000 ta so‘zdan oshmasligi va o’zbek va ingliz tilida yozilishi kerak. Rasmlar bilan boyitilgan maqolaga ustunlik beriladi
  • Mualliflik huquqi buzilmagan, ya’ni ko‘chirilmagan maqola taqdim etilishi shart.
  • Maqolalar 25-yanvardan 2-fevralgacha qabul qilinadi.
  • Maqolada ism-familiya va telefon berilishi shart.
  • G’oliblar maxsus hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi.

Mukofotlar:


1-o‘rin:
1 yillik “Mutolaa Premium” obunasi

2-o‘rin: 6 oylik “Mutolaa Premium” obunasi

3-o‘rin: 3 oylik “Mutolaa Premium” obunasi

Ishtirok etish tartibi:

  1. Maqolangizni tanlov shartlari asosida tayyorlang.
  2. Uni quyidagi link orqali yuklang: https://forms.gle/c6L8xanzPepvqos87
  3. Natijalarni Telegram kanalimizda e’lon qilinishini kuting.

Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang – startap va brendlar haqidagi eng yaxshi maqola yozing va ajoyib mukofotlarga ega bo‘ling!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan