Press ESC to close

Marvel Fusion: Yevropaning eng katta yadroviy startapiga aylandi

Germaniyalik startap Marvel Fusion 50 million yevrolik Series B kengaytmasini jalb qildi. Natijada umumiy sarmoya hajmi 385 million yevroga yetdi — bu esa uni Yevropadagi eng ko‘p moliyalashtirilgan yadro sintezi kompaniyasiga aylantirdi.

Marvel Fusion’ning yondashuvi bozordagi raqobatchilardan farq qiladi: ular oddiy magnitli sintez texnologiyasi (tokamak) o‘rniga inerstion sintez — ya’ni kuchli lazerlar yordamida vodorodni siqib portlatish orqali energiya hosil qilish uslubini tanlagan.

Nega bu yangilik muhim?

  • An’anaviy yondashuvga muqobil texnologiya: Lazer yordamida vodorod imploziyasi orqali energiya olish – bu global miqyosda kam tadqiq qilingan, lekin istiqbolli yo‘nalish.
  •  Katta sarmoya – katta rejalar: Yangi bosqich startapni tadqiqotdan sanoatgacha olib chiqadi. 2032-yilda prototip, 2036-yilda esa tijorat yadro sintezi zavodini ishga tushirish mo‘ljallangan.
  • Yevropa uchun strategik imkoniyat: AQSH sintez bo‘yicha allaqachon milliardlab investitsiyalarni jalb qilgan. Marvel Fusion esa Yevropaning bu texnologiyadagi javobi bo‘lishi mumkin.

Toza energiya endi uzoq kelajak emas — Marvel Fusion bu kelajakni bugundan qurmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan