Press ESC to close

Microsoft xodimlarning 3 foizini ishdan bo‘shatdi

Microsoft kompaniyasi umumiy xodimlarning taxminan 3 foizini tashkil qiluvchi 7 ming nafar xodimni ishdan bo‘shatishini e’lon qildi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Qisqartirishlar kompaniyaning resurslarni optimallashtirish va sun’iy intellekt platformalariga sarmoyalarni oshirish strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Reuters’ga ko‘ra, qisqartirishlar sun’iy intellektning o‘zi bilan emas, balki kompaniyaning yangi AI tashabbuslariga investitsiyalar zarurati bilan bog‘liq.

Microsoft bosh direktori Satya Nadella kompaniya mahsulotlari — Microsoft 365, Azure va Dynamics 365’da sun’iy intellekt imkoniyatlarini faol joriy etayotganini ta’kidladi. Kompaniya avvalroq past samaradorlik ko‘rsatgan xodimlarga 16 haftalik kompensatsiya evaziga ishdan bo‘shash yoki samaradorlik dasturida qatnashishni taklif qilgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan