Press ESC to close

Niantic o‘z o‘yin biznesini sotmoqchi

Pokémon Go yaratuvchisi Niantic o‘z o‘yin ishlab chiqish bo‘linmasini sotish rejasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg anonim manbalarga tayanib.

Kompaniya bu borada Saudiya Arabistoniga tegishli Savvy Games Group kompaniyasiga qarashli Scopely bilan taxminan 3,5 million dollarlik bitim bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Hozircha Niantic ham, Scopely ham bu borada rasmiy izoh bermadi.

Niantic – AR o‘yinlarda yetakchi kompaniyalardan biri

Niantic qo‘shilgan reallik (AR) texnologiyasidan foydalangan holda muvaffaqiyatli o‘yinlar yaratgan kam sonli kompaniyalardan biridir. U ilk Ingress o‘yini orqali geografik hududlar nazoratiga asoslangan o‘ziga xos mexanikani taqdim etgan va e’tirof qozongan. 2016 yilda chiqarilgan Pokémon Go esa global sensatsiyaga aylanib, kompaniyaning shon-shuhratini oshirgan.

Biroq keyingi o‘yinlari xuddi Pokémon Go kabi ommalashmagan. 2022-yilda Niantic xodimlarining 8% qisqartirdi, shuningdek, Harry Potter: Wizards Unite kabi to‘rtta loyihasini yopdi. 2023 yilda esa 230 xodim ishdan bo‘shatildi va NBA hamda Marvel bilan bog‘liq o‘yinlar bekor qilindi.

Nianticning kelajakdagi yo‘nalishi

Kompaniya o‘yinlardan tashqari sun’iy intellekt va geofazoviy texnologiyalar bilan bog‘liq loyihalarga e’tibor qaratmoqda. 2023-yilda Niantic Scaniverse ilovasini yangilab, foydalanuvchilarga real dunyo obyektlarini skanerlash va ularni raqamli modellar sifatida yaratish imkonini berdi. Noyabr oyida esa kompaniya yirik geofazoviy model yaratishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Bu model sun’iy intellekt orqali turli manzaralarni tushunib, ularni global miqyosdagi millionlab boshqa sahnalarga bog‘lash imkonini beradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan