
Instagram foydalanuvchilarga o‘z profilingizdagi postlar tartibini erkin tanlash imkonini beruvchi yangi funksiyani taqdim etdi. Endilikda postlar ularning nashr etilgan vaqtiga qarab emas, balki foydalanuvchining istagiga ko‘ra qo‘lda joylashtiriladi.
Bu funksional imkoniyat Instagram’ning Anyway tashabbusi doirasida joriy qilinmoqda. Tashabbusning asosiy maqsadi – “mukammallik” bosimini kamaytirish va ijodkorlarga erkinlik, zavq bag‘ishlash.
Postlarni joylashtirish tartibini o‘zgartirish “drag-and-drop” (tortish) orqali amalga oshiriladi. Buning uchun “Profilni tahrirlash” tugmasini bosish kifoya. Yangilanish yaqin haftalarda barcha foydalanuvchilarga yetib boradi.
Shuningdek, Instagram’da yana bir yangi imkoniyat — foydalanuvchilar Spotify’da tinglayotgan musiqalarni real vaqt rejimida ulashishlari mumkin. Boshqalar ushbu havola orqali qo‘shiqni tinglash imkoniga ega bo‘ladi.
Meta ushbu yangiliklar platformani yanada moslashuvchan va foydalanuvchi tajribasiga yo‘naltirilgan qilish sari tashlangan qadam sifatida baholamoqda.
Fikr bildirish