
O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi AQShga tashrifi davomida Apple kompaniyasi bilan IT ta’lim va dasturlash hamjamiyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi. Uchrashuv chog‘ida kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlari va yangi loyihalar muhokama qilindi.
Kelishuv doirasidagi asosiy yo‘nalishlar
O‘zbekiston bo‘ylab talabalar “Swift Playground” yordamida loyihalar yaratish va tanlovlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“Apple Community” O‘zbekistonda rasman ochiladi va “Apple Authorized Training Center for Education” kengaytiriladi. Shuningdek, xalqaro mentorlar jalb qilinadi.
“Apple Certified Developer” dasturi orqali yosh dasturchilar xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari, sertifikat olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
“Apple Coders Initiative” loyihasi 2025-yilda ishga tushiriladi
Shuningdek, “Apple Coders Initiative” dasturi 2025-yil mart oyida start oladi. Kurslar onlayn va offlayn formatlarda taqdim etiladi. Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu loyihada ishtirok etadigan 10 ta iqtidorli talabani tanlab oladi va ularning o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplaydi.
O‘zbekiston va Apple o‘rtasidagi ushbu hamkorlik IT ta’limini yangi bosqichga olib chiqadi va yosh dasturchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Swift Playground, Apple Certified Developer, Apple Coders Initiative kabi loyihalar orqali yoshlar xalqaro darajada ta’lim olib, global IT bozorida o‘z o‘rnini topishlari mumkin bo‘ladi.
Fikr bildirish