Press ESC to close

O‘zbekistonda moliyaviy sektorning kiberxavfsizligi kuchaytirilmoqda

Kiberjinoyatlar va onlayn firibgarlik xavfining ortib borayotganini inobatga olib, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan aholini moliyaviy yo‘qotishlardan himoya qilish va tashkilotlarning javobgarligini oshirishga qaratilgan qaror imzolandi. Mazkur qaror moliya institutlari va fuqarolar uchun qat’iy kiberxavfsizlik talablarini belgilab, raqamli iqtisodiyotda xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

➖ Banklar, to‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida yo‘l qo‘yilgan kiberjinoyat oqibatida kelib chiqqan moddiy zarar ularning hisobidan undiriladi;

➖ Kiberjinoyatni sodir etishda o‘z nomidagi bank kartasidan, bank hisobraqami, elektron hamyonidan va boshqa shaxsiga doir ma’lumotlaridan (SIM kartasi, elektron akkaunti) foydalanishga yo‘l qo‘ygan shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari o‘rnatiladi;

➖ Kiberjinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida axborot tizimidagi zaifliklar va kamchiliklar natijasida kiberjinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaga e’lon qilinadi hamda aholi pul mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan onlayn firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”)ni barvaqt aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

➖ Shaxslarning bank kartalaridagi pullarining talon-toroj qilinishini to‘xtatish maqsadida banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlariga zamonaviy antifrod va antivirus himoya tizimlari joriy etiladi hamda firibgarlar tomonidan soxta raqamlar orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilinishi texnik cheklanadi (imkonsiz qilish);

➖ Kiberjinoyatlarni fosh etish yo‘nalishida Markaziy bank, to‘lov tizimi va ichki ishlar organlari vakillaridan iborat tezkor harakatlanish guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va mazkur guruh tomonidan shubhali pul o‘tkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalarini tezkorlik bilan aniqlash va bloklash kabi choralar ko‘rib boriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan