Press ESC to close

Prada Versace moda uyini $1,37 mlrdga sotib olmoqda

Sotib olish Prada Group’ning 1,5 mlrd yevrolik qarz majburiyatlarini chiqarishi orqali moliyalashtiriladi. Bitimni 2025-yilning ikkinchi yarmida yakunlash rejalashtirilgan.

10-aprel kuni Italiyaning Prada Group kompaniyasi Versace moda uyining 100%ini $1,37 mlrdga (1,25 mlrd yevro) sotib olish bo‘yicha kelishuvni yakunlaganini e’lon qildi.

Premium toifadagi kiyim-kechak va aksessuarlar ishlab chiqaruvchisini sotib olish bo‘yicha Amerikaning Capri Holdings kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi.

Prada Versace brendini sotib olishni 1,5 mlrd yevrolik qarz majburiyatlarini chiqarish orqali moliyalashtirmoqda.
Bu majburiyatlar quyidagilardan iborat:

  • 1 mlrd yevrolik muddatli kredit
  • 500 mln yevrolik oraliq kredit

Bitim Prada va Capri Holdings direktorlar kengashlari tomonidan ma’qullandi. Uni tegishli nazorat organlaridan ruxsat olingandan so‘ng, 2025-yilning ikkinchi yarmida yakunlash rejalashtirilgan.

BBC News Russkaya slujba insayderlarga tayanib yozishicha, dastlab kelishuv summasi $1,6 mlrdga kelishilgan.
Biroq, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Versace biznesini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan tariflar joriy etilgach, narx qayta ko‘rib chiqildi.

Shunday qilib:

  • Capri 2018-yilda Versace oilasidan brendni 1,83 mlrd yevroga sotib olgan edi.
  • Endi esa arzonroq narxda sotishga majbur bo‘ldi.

Bitimning amalga oshmaslik xavfi ham mavjud edi:

  • Versace uchun dastlab so‘ralgan yuqori summa ($3 mlrd)
  • Fond bozorlaridagi beqarorliklar
  • Capri aksiyalari qiymatining pasayishi bunga sabab bo‘lishi mumkin edi.

Kommersant nashrining xabar berishicha, yanvar oyida Prada Group’ning Versace’ni sotib olishga qiziqayotgani ma’lum bo‘lgan.

AQShdagi Capri Holdings 2023-yilda hashamatli buyumlarga ixtisoslashgan boshqa xolding — Tapestr bilan birlashish rejasidan voz kechgan edi.

Bitim summasi $8,5 mlrdga baholangan bo‘lsa-da, sud uni to‘xtatib qo‘ydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan