Press ESC to close

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

4 dekabr kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov “Fouad Al-Ghanim and Sons” kompaniyalar guruhi asoschisi va rahbari Fuad Muhammad Al-G‘anim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Quvayt tomoniga sog‘liqni saqlash, transport infratuzilmasi, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalardagi loyiha takliflari taqdim etildi. Shuningdek, O‘zbekistonning davlat-xususiy sheriklik (DXSh) dasturi ishtirokchilari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Dastur turli sohalarda 30 milliard dollardan ortiq uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, Quvayt delegatsiyasi vazirlik tomonidan maxsus ajratilgan loyiha menejerlari koʻmagida muhokama etilayotgan loyihalar ustida ishlash boʻyicha amaliy choralar koʻrishga tayyorligini bildirdi.

Asosiy ma’lumot:
“Fouad Al-Ghanim and Sons Group of Companies” Quvaytning mashinasozlik, qurilish, energetika, avtomobilsozlik, savdo, kemasozlik, aviatsiya, telekommunikatsiya, mehmondoʻstlik va koʻchmas mulk kabi sohalarda faoliyat yurituvchi yirik korporatsiyalaridan biri hisoblanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan