Press ESC to close

Sam Altman AI’dan yangi bilimlar kutmoqda

OpenAI bosh direktori Sam Altman o‘zining navbatdagi futuristik esse — “The Gentle Singularity”da yaqin 15 yil ichida sun’iy intellekt insoniyat hayotini qanday o‘zgartirishi haqida fikr yuritdi. Asosiy e’tibor — 2026-yilda AI tizimlari “yangi, ilgari bo‘lmagan bilim va g‘oyalarga” kelishi mumkinligiga qaratilgan.

Yangi AI avlodi – yangi ilmiy tushunchalar

Altmanning fikricha, yaqin yillarda AI nafaqat mavjud bilimlarni tahlil qiladi, balki yangi ilmiy gipotezalar, innovatsion g‘oyalar va nazariyalarni ham ilgari sura oladi. Bu esa ilm-fan, dori ishlab chiqarish va materialshunoslik kabi sohalarga ta’sir qilishi mumkin.

Raqobat kuchaymoqda

OpenAI bu boradagi yagona o‘yinchi emas:

  • Google — “AlphaEvolve” agenti orqali matematik muammolarga yangi yondashuvlar yaratdi.
  • FutureHouse (Eric Schmidt qo‘llovi ostida) — o‘z AI vositasining haqiqiy ilmiy kashfiyot qilganini da’vo qilmoqda.
  • Anthropic — AI yordamida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini boshladi.

Shubha bilan qaralayotgan jarayon

Biroq bu sohadagi skeptitsizm ham mavjud. Hugging Face bosh ilmiy xodimi Thomas Wolf “zamonaviy AI hali buyuk savollarni bera olmaydi”, deb hisoblaydi. OpenAI sobiq yetakchi olimi Kenneth Stanley esa bugungi model­lar “haqiqiy gipotezalarni yaratish” bosqichiga hali yetmaganini ta’kidlagan.

Stanley hozirda Lila Sciences startapini rivojlantirmoqda — 200 mln dollarlik sarmoya bilan sun’iy intellekt yordamida ilmiy laboratoriya yaratish yo‘lida. Unga ko‘ra, bu — AI’ga “ijodiy va qiziqarli nima” degan tushunchani berishni talab qiladigan murakkab muammo.

OpenAI’ning yo‘nalishi ayonmi?

Altman ilgari ham blog postlari orqali kelajak rejalarini oshkor qilgan: masalan, 2025-yilni “AI agentlar yili” deb e’lon qilgan va oradan ko‘p o‘tmay Operator, Deep Research va Codex agentlarini joriy qilgan edi.

Shu bois, “The Gentle Singularity” esse­si — OpenAI’ning keyingi yirik qadamiga ishora bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan