Press ESC to close

Startaplar uchun kompleks yechim modeli: Fido Studio AQSHdagi AI startap — Numeoning vizual brendi va saytini qanday ishlab chiqdi?

San-Fransiskoda ishga tushirilgan yangi AI-startap — Numeo, logistika sohasida ishlovchi dispetcherlar va updaterlarga AI yordamchi yaratishga qaratilgan. Startapning asosiy maqsadi — logistika jarayonlarini tezroq, samaraliroq va inson omiliga kamroq bog‘liq tarzda boshqarishni ta’minlash.

Mahsulot tayyor bo‘lgach albatta uni professional ko‘rinishda taqdim etish, investorlar e’tiborini jalb qilish va brendni aniq ifodalovchi vizual obraz yaratish zarurati paydo bo‘ladi.

Fido Studio Numeoning vizual brendini shakllantirish va raqamli maydondagi taqdimotini yo‘lga qo‘yish uchun quyidagi kompleks xizmatlarni ko‘rsatdi:

1. Brend identifikatsiyasi va logotip: Texnologik mohiyatni aks ettiruvchi dizayn

Fido Studio birinchi navbatda Numeo uchun zamonaviy, minimalistik va AI sohasi tendensiyalariga mos brend identifikatsiyasini ishlab chiqdi. Logotip startapning texnologik ruhini, global auditoriyaga ochiqligini va ishonchliligini ifodalaydi.

“Logotip va vizual identifikatsiya ustida ishlaganda, biz minimalistik yondashuv asosida startapning yo‘nalishini chuqur tushunishga intildik. Shu bilan birga, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan AI tendensiyalari, dizayn uslublari va rang palitralarini ham hisobga oldik.” — deydi Fido Studio asoschisi Jamshid Xoliqulov.

👉 Fido Studioning brending xizmatlari haqida batafsil

2. UX asosidagi veb-sayt dizayni: Startaplar uchun foydalanuvchiga yo‘naltirilgan yechim

Numeo.ai sayti qisqa muddatda, 100% foydalanuvchi ehtiyojiga mos tarzda ishlab chiqildi. Saytning asosiy vazifasi — Numeoning xizmatlarini investorlar va mijozlarga tezkor, tushunarli va professional tarzda ko‘rsatish edi.

Sayt dizaynida xalqaro SaaS platformalari tajribasi o‘rganildi va quyidagi elementlar asosida ishlangan UX flow yaratildi:

  • Demo so‘rash imkoniyati
  • Tarif rejasini tanlash
  • Mahsulot ustunliklarini tushunish

Sayt foydalanuvchini birinchi soniyalardanoq kerakli harakatga yo‘naltiradi. Natijada, tez qaror qabul qilishga yordam beruvchi interfeys shakllantirildi.Shuningdek, saytga quyidagilar integratsiya qilindi:

  • CRM tizimi
  • Mijozlar bilan kommunikatsiya modullari
  • Digital marketing va tahlil vositalari

👉 UI/UX dizayn xizmatlarimiz bilan tanishing

3. SEO xizmatlari: Startap uchun ilk trafik manbai

Sayt tayyor bo‘lishi bilan Fido Studio SEO mutaxassislari qidiruv tizimlariga optimallashtirish ishlarini boshlashdi. Sahifalar strukturasi, meta teglar, sahifa tezligi va kalit so‘zlar asosida tahlil qilinib, startapning bozorga chiqishi uchun birinchi trafik manbasi yaratildi.

SEO strategiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oldi:

  • Mobilga moslashtirish va sahifa yuklanish tezligi
  • Kalit so‘zlar tahlili (AI logistika, dispetcherlik texnologiyasi va boshqalar)
  • Googlega mos metama’lumotlar

SEO xizmatlarimiz haqida ko‘proq ma’lumot

4. Animatsion video kontent: Texnologik mahsulotni soddalashtirish

AI startap mahsulotini oddiy matn orqali tushuntirish doim ham oson emas. Shu bois Fido Studio tomonidan qisqa, tushunarli va vizual jihatdan kuchli animatsion videolar tayyorlandi.

Ushbu animatsiyalar orqali:

  • Numeoning asosiy afzalliklari oddiy uslubda yetkazildi
  • Texnologik jarayonlar soddalashtirib ko‘rsatildi
  • Mijozlar va investorlar uchun tushunarlilik ta’minlandi

Hamkorlik va ishonch

Numeo shuningdek, Newmax Technologies, Maxtrack, Workly, MyTaxi va Express24 kabi loyihalar asoschisi Akmal Paiziev sahifasida hamkorlik haqida quyidagi fikrlarini ulashdi

“Biz veb-sayt dizayni, grafik ishlar yoki animatsiya bo‘ladimi — iloji boricha buyurtmalarni yurtimizdagi kompaniyalarga berishga harakat qilamiz. Bu orqali biz u kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlaymiz va biz bilan ishlagan jamoalar ham yangi narsalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Yaqinda video-animatsiya bo‘yicha e’lon bergandim — Fido Studio uni qisqa muddatda, biz xohlaganidek qilib tayyorlashdi.

Bunday roliklarni yaratishda did juda muhim va shu did bizning jamoamiz va hamkor mutaxassislarda paydo bo‘layotganidan xursandman.”

Watch the Numeo Updater Assistant demo

Yakuniy natija: 30 kunda tayyor kompleks yechim

  • AI startapi uchun to‘liq vizual brend va sayt
  • UX asosida foydalanuvchiga yo‘naltirilgan dizayn
  • SEO orqali trafik va qidiruv tizimlarida ko‘rinish
  • Animatsion video orqali mijozga tushunarli taqdimot

Fido Studio yondashuvi:

“Startaplar uchun dizayn — bu faqat vizual chiroy emas. Bu investorlarni jalb qilish, mahsulotni to‘g‘ri tushuntirish va raqamli bozorga ishonch bilan chiqish uchun strategik vosita,” — Jamshid Xoliqulov, Fido Studio asoschisi

Fido Studio texnologik startaplar uchun dizayn, veb-sayt, SEO va kontent xizmatlarini birlashtirib kompleks yechim beradi.

👉 Boshqa amaliy keyslar bilan tanishing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan