
Oʻzbekistonda biznesni moliyalashtirishning muqobil manbalaridan biri sifatida venchur fondlar tobora ommalashmoqda. Global miqyosda bu ko‘rsatkich ancha yuqori: Hindistonda – $30, Xitoyda – $75, Koreyada – $156 odam boshiga venchur investitsiyalar to‘g‘ri keladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida aynan venchur sarmoyalarning biznes ekotizimdagi roliga alohida e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatimizda so‘nggi 5 yil ichida venchur fondlar ishtirokida $145 millionlik 53 ta startap loyihasi amalga oshirilgan. Biroq bu hali yetarli emas. Shu sababli 9 ta davlat banki va 3 ta venchur kompaniya ishtirokida $50 millionlik yangi fond tashkil etildi. Prezident nutqida aytilganidek, yana $50 million xorijdan jalb qilinishi rejalashtirilmoqda, bu esa tadbirkorlar uchun katta imkoniyat yaratadi.
Prezidentimiz shuningdek, venchur investitsiyalar biznes rivojida texnologik innovatsiyalar va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni olib kirishi shartligini ta’kidladi. Startaplar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion mahsulotlar texnik reglament va standartlarga kiritilib, davlat buyurtmalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oʻzbekistonda venchur ekotizimi shakllanmoqda va bu biznes boshlayotgan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Innovatsion g‘oyalarga ega bo‘lgan startaplar endi rivojlanish uchun real moliyaviy qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lmoqda.
Fikr bildirish