Press ESC to close

Qozog‘istonlik tadbirkor asos solgan startap AQShda $4,5 million investitsiya jalb qildi

Y Combinator akseleratorida ishtirok etgan Leaping AI startapi $4,5 million investitsiya jalb qildi. Kompaniya o‘z-o‘zini o‘rganuvchi ovozli sun’iy intellekt agentlari ishlab chiqadi va ularni kol-markazlar hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari uchun taklif qiladi. 2023 yilda Germaniyada asos solingan ushbu startapning hammuassislari orasida 24 yoshli qozog‘istonlik Arqadiy Telegin, shuningdek, kanadalik Kevin Vu va avstraliyalik Shrey Bxatiya bor.

Seed-investitsiya raundi bor-yo‘g‘i uch kun ichida yopildi. Birinchi investorlar qatorida Y Combinator asoschisi Pol Grem ham bor. Raund yetakchi investori sifatida Nexus Ventures fondi chiqdi. Ushbu fond sun’iy intellekt, SaaS va B2B-texnologiyalar yo‘nalishidagi startaplarga dastlabki bosqichda sarmoya kiritadi.

Shuningdek, Eurasian Hub Ventures asoschisi, qozog‘istonlik investor Nurdaolet Bazilbekov ham startapga mablag‘ tikdi. Mazkur London markazli venchur hub Yevrosiyo investor va tadbirkorlarini texnologik startaplarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida birlashtiradi.

Leaping AI hammuassisi Arqadiy Teleginning aytishicha, kompaniya 2025 yil oxirigacha yillik daromadni $3 millionga yetkazishni, Series A raundini yopishni va sun’iy intellekt texnologiyasining moslashuvchanligini oshirishni rejalashtirgan:

“Maqsadimiz – sun’iy intellektni yanada ishonchli va moslashuvchan texnologiyaga aylantirish. Shunda u turli sohalar va biznes stsenariylarda qo‘llanilishi mumkin bo‘ladi.”

Jalb qilingan investitsiya hisobidan kompaniya yana 5 ta yangi mutaxassisni ishga oladi hamda AQSh va Yevropa bozorlaridagi ishtirokini kengaytiradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan