Press ESC to close

Startup Garage loyihasining yangi filiali Qashqadaryoda ochildi

Qarshi shahrida Startup Garage’ning yangi filiali ochilib, yosh tadbirkorlar va startaplarga ko‘mak berish maqsadida yana bir muhim qadam qo‘yildi. AloqaBank, AloqaVentures va Startup Garage tomonidan boshlangan loyiha O‘zbekistonning 12 ta hududini qamrab oladi.

Ochilish marosimi ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi:

1-bosqich: Qarshi Yoshlar markazida o‘tkazilib, sanoat mutaxassislari ishtirokchilarga startaplarni rivojlantirish va investitsiya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdilar.

2-bosqich: Tadbir AloqaBank binosida davom etdi va bu yerda Startup Garage filiali rasman ochildi. Ushbu zamonaviy innovatsion markaz startaplar uchun qulay infratuzilma va xizmatlarni taqdim etadi.

Startup Garage’ning startaplarga yaratib beryotgan imkoniyatlari

Startup Garage quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

Zamonaviy kovorking hududlari, yosh tadbirkorlar va startaplar uchun mo‘ljallangan.

Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish uchun maxsus muhit.

Startap ekotizimini rivojlantirish orqali yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan