Press ESC to close

Thatch: Sog‘liqni saqlashni xodimlar qo‘liga topshirayotgan startap

San-Fransiskoda joylashgan Thatch nomli startap sog‘liqni saqlash sug‘urtasi bozorini tubdan o‘zgartirishga harakat qilmoqda. Kompaniya yaqinda Index Ventures boshchiligida 40 million dollarlik Series B bosqichini yopdi. Shu bilan birga, Andreessen Horowitz (a16z), General Catalyst, SemperVirens, PeopleTech Partners, The General Partnership va yangi investor ADP Ventures ham moliyaviy qo‘llab-quvvatladi. Thatch jami 84,5 million dollar investitsiya jalb qilgan.

Lichra  orqali xodimlarga tanlov erkinligi

Thatch ish beruvchilarga ICHRA (Individual Coverage Health Reimbursement Arrangement) asosida sog‘liqni saqlash xarajatlarini xodimlarga o‘tkazishga yordam beradi. Bu modelda ish beruvchi har bir xodimga masalan, oyiga 1 000 dollar ajratadi. Xodim esa bu mablag‘ni o‘ziga mos bo‘lgan sug‘urta rejasiga yoki davolanish xarajatlariga yo‘naltiradi. Farqli jihati shundaki, ilgari HRAlar faqat davolanish xarajatlarini qoplagan bo‘lsa, ICHRA sug‘urtani ham qamrab oladi.

Sog‘liq sug‘urtasi uchun “marketplace” yondashuvi

Thatch o‘z platformasi orqali xodimlarga turli sug‘urta rejalari ichidan tanlash imkonini beradi. Agar mablag‘ ortib qolsa, uni boshqa sog‘liq bilan bog‘liq ehtiyojlarga ishlatish mumkin. Platformada hatto debet karta mavjud — qolgan balansni foydalanishga imkon beradi. Thatch orqali xodimlar hohlagan vaqtda sug‘urta xizmatlarini almashtira oladi.

Sog‘liq + Fintech = Thatch

Kompaniyaning asoschilari — Chris Ellis va Adam Stevenson — sog‘liqni saqlash va texnologiyalar chorrahasida ish olib borishmoqda. Ellis ilgari MIT’da saraton tadqiqotchisi bo‘lib ishlagan bo‘lsa, Stevenson Humana va Stripe’da katta tajriba orttirgan. Ularning fikricha, ICHRA modelini to‘liq joriy etish uchun fintech muammolarini hal qilish zarur — budjetlar, to‘lovlar va ko‘rsatkichlarni avtomatlashtirish.

Shu sababli, ular Stripe, Ramp va Rippling kabi kompaniyalardan malakali xodimlarni jalb qilishdi. Bugunga kelib, Thatchda 72 nafar mutaxassis ishlamoqda.

Katta o‘sish, kuchli hamkorlar

2023-yil avgustida ishga tushgan Thatch bugungi kunga qadar 1000 dan ortiq kompaniyani platformaga jalb qilgan. Daromad yil davomida 8 baravar o‘sgan. Mijozlar orasida Dave’s Hot Chicken, Jersey Mike’s, Fragment.dev, Ferry Health va boshqa kompaniyalar bor.

Thatch shuningdek, QuickBooks bilan hamkorlikda kichik bizneslar uchun ICHRAni bir necha bosqichda sozlash imkoniyatini yaratdi. ADP uchun shunga o‘xshash integratsiya ustida ham ish olib bormoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan