
2008-yilda yuz bergan “Jahon moliyaviy inqirozi” haqida hikoya qiluvchi ushbu film — har bir biznes sohasidagi odam uchun o’ta qiziqarli bo’lishi tabiiy!
Filmning real voqealar asosida suratga olinganligi va yulduzli aktyorlar jamoasi nafaqat moliya, balki har qanday boshqa sohadagi tomoshabinni ham zeriktirib qo’ymaydi.
Filmdagi bosh qahramon Maykl Byurri ipoteka kreditlarini kuzatishi natijasida bu tizim tez orada inqirozga uchrashini taxmin qiladi! Kelajakni oldindan ko’ra olgan Maykl o’z mijozlarining pullarini sug’urtalashni boshlaydi. Buni chettan kuzatgan boshqa moliyachilar ham uning taxminlarida jon borligiga ishonishadi va qolganlar ham inqirozdan katta foyda ko’rish uchun harakatni boshlashadi!
Ushbu film faqatgina madaniy xordiq emas, balki iqtisod haqida yaxshigina video darslik vazifasini ham bajarishi mumkin!
Fikr bildirish