
🏠Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlari qanday o‘zgarmoqda?
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar narxi pasayishda davom etayotgan bo‘lsa-da, to‘liq ta’mirlangan 3 va 4 xonali uylarning ijarasi sezilarli darajada oshgan.
📊O‘rtacha ta’mirdagi uylar uchun fevral oyida ijara narxlari:
☑️1 xonali – $323 (-2.4%)
☑️2 xonali – $393 (-5.2%)
☑️3 xonali – $480 (-2.9%)
☑️4 xonali – $545 (-12.5%)
🏢 To‘liq ta’mirlangan uylar uchun ijara narxlari:
☑️1 xonali – $420 (-0.6%)
☑️2 xonali – $592 (-1.1%)
☑️3 xonali – $857 (+2.8%)
☑️4 xonali – $1160 (+3.8%)
Qaysi hududlarda ijara qimmatlashgan?
📈 Eng qimmat tumanlar:
☑️Shayxontohur tumani: 4 xonali – $1462
☑️Mirobod tumani: 4 xonali – $1344
🏠 Eng arzon tumanlar:
☑️Sergeli tumani: 4 xonali – $639
☑️Uchtepa tumani: 4 xonali – $586
Ushbu ma’lumotlar Uysot.uz startapi (https://uysot.uz/) tomonidan olx.uz platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali tayyorlandi. Yanvar oyida 35,7 ming, fevral oyida 37,5 ming va oktabr oyida 43,1 ming e’lon tahlil qilindi.
Xulosa
Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan uylar arzonlashmoqda, lekin to‘liq ta’mirlangan, katta xonadonlar uchun ijara narxlari oshib bormoqda. Bu esa sifatli uy-joyga bo‘lgan talab ortayotganini ko‘rsatmoqda.
Fikr bildirish