Press ESC to close

Tuz bilan ishlaydigan muzlatkich: Hindistonlik o‘smirlarning hayotni saqlab qoluvchi ixtirosi

Hindistonning markaziy qismida joylashgan kichik shaharchada uch nafar o‘smir elektr quvvatiga ehtiyoj sezmaydigan, faqatgina tuz orqali ishlaydigan muzlatkich ixtiro qildi. Bu qurilma Thermavault – uzoq hududlardagi tibbiy resurslarni saqlash tizimiga inqilobiy o‘zgarish olib kelishi mumkin.

Thermavault Indore shahrining yuqori sinf o‘quvchilari – Dhruv Chaudhary, Mithran Ladhania va Mridul Jain  tomonidan ishlab chiqqan. Ularning ota-onasi tibbiyot sohasida faoliyat yuritishadi, va aynan ularning pandemiya davridagi hikoyalari bolalarni ilhomlantirgan: elektr yo‘q hududlarda vaksina va transplantatsiya a’zolarini qanday qilib sovuq holda saqlash mumkin?

Ushbu ixtiro bu savolga javob edi. Thermavault 2025-yilgi Osiyo bo‘yicha Earth Prize mukofotini olib keldi, ular $12,500 pul mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Bu mablag‘ evaziga ular allaqachon 200 ta prototip qurilmani yasashni boshlagan va ular 120 ta kasalxonada sinovdan o‘tkaziladi.

Oddiy yondashuv

Thermavault texnologiyasining asosida oddiy kimyoviy hodisa yotadi: ayrim tuzlar suvda eriganda, atrof-muhitdan issiqlikni tortib oladi va shu orqali haroratni pasaytiradi. Bu hodisa darsliklarda bayon etilgan bo‘lsa-da, uni portativ sovutish tizimida qo‘llash fikri bu maktab o‘quvchilarida yangilik bo‘ldi.  

Bu yo‘l oson bo‘lmagan. O‘quvchilar dastlab 150 xil tuzni sinab ko ‘rib, oxirida samarali ikki komponentni tanlashdi: ammo ammoniy xlorid va bariy gidroksid oktagidrat. Ularning birinchisi 2°C dan 6°C gacha barqaror sovutish hosil qilishdi, bu ko‘pchilik vaksinalar uchun ideal. Ikkinchi komponent — bariy gidroksid — muzdan past sovitish imkonini berdi, bu esa muayyan tibbiy vositalar yoki a’zolarni yetkazish uchun zarur edi.

Elektrsiz ishlovchi zamonaviy yechim

Thermavault – bu kimyo va izolyatsiyaning aqlli uyg ‘unligidan iborat. Uning tuzilmasida vaksina yoki a’zolarni saqlash uchun mis bilan qoplangan kamera mavjud, atrofida esa tuzli suv aralashmasi joylashgan. Tuzlar eriganida, ular ichkaridagi mahsulotni sovutadi – hech qanday elektr, hech qanday harakatlanuvchi qismlar yo‘q, faqat oddiy fan.

An’anaviy sovuq qutilar muzlatilgan gel yoki muzga tayanadi, Thermavault esa dala sharoitida qayta ishlatilishi mumkin. Sovitish ta’siri yo‘qolgach, tuzli suvni qaynatsangiz, suv bug‘lanadi va tuzni qayta ishlatish mumkin bo‘ladi. Bu uni ayniqsa elektr tarmog‘iga ulanmagan hududlar uchun qulay qiladi — bu joylarda muzlatkich topish qiyin, ammo issiqlik manbalari mavjud.

Thermavault jamoasi oldidagi keyingi qadamlar

Mukofot pullarini qo‘lga kiritgan bu o‘smirlar endi qurilmani xalqaro darajaga olib chiqish ustida ishlamoqda. Rejalari qatorida JSST dan xavfsizlik sertifikati olish va Gavi — global vaksina ittifoq bilan hamkorlik qilish va patent olish istagi ham bor. Ularga bu yo‘lda Earth Prize dasturi orqali tayinlangan mentorlar yordam bermoqda.

Thermavault allaqachon dastlabki amaliy sinovlardan o‘tgan — xususan, Indore shahridagi V One kasalxonasida. Bu yerda qurilmani sinab ko‘rgan doktor Pritesh Vyas uning vaksinalarni 12 soatgacha sovuq holatda saqlaganini tasdiqlagan. Uning aytishicha, haroratni kuzatuvchi sensor kabi ayrim takomillashtirishlar bilan bu qurilma uzoqdagi klinikalar uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Katta ta’sir — kichik jamoa

Bu oddiy ilmiy loyiha emas — bu bizga haqiqiy innovatsiya har doim milliard dollarlik laboratoriyalardan chiqmasligini eslatadi. Ba’zida u qiziquvchan o‘smirlar, qo‘llab-quvvatlovchi o‘qituvchilar va internetda javobi topilmagan savollarga berilgan ko‘p vaqt evaziga paydo bo‘ladi.

Agar Thermavault muvaffaqiyatli joriy qilinsa, u global miqyosdagi sovitish infratuzilmasidagi eng katta muammoni hal qilishi mumkin: elektr quvvatisiz ham ishonchli, barqaror sovitish tizimini yaratish mumkin.  

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan