
Unitlab.ai – sun’iy intellekt modellarini boshqarish va ma’lumotlarni belgilash jarayonini avtomatlashtiruvchi platforma. U belgilash jarayonini 15 barobargacha tezlashtiradi, xarajatlarni 5 barobargacha kamaytiradi va muhandislarning vaqtini 60% gacha tejaydi. Shu kungacha platformada 5800+ loyiha yaratilgan, 8 milliondan ortiq ma’lumotlar yuklangan va 12 milliondan ortiq annotatsiyalar qo‘shilgan. Unitlab.ai sun’iy intellekt sohasi uchun samarali, aniq va tezkor yechimlar taklif etadi. Platforma barcha o‘lchamdagi jamoalar uchun qulay bo‘lib, AI sohasidagi ehtiyojlarga mos ravishda doimiy takomillashtirilmoqda.
Mazkur investitsiya raundida AloqaVentures va IT Park Ventures tomonidan jami $400,000 investitsiya kiritildi. Unitlab.ai shtab-kvartirasi AQShning Delaver shtatida joylashgan bo‘lib, kompaniya asosan AQSh bozorida mahalliy mutaxassislar bilan faoliyat yuritmoqda.
Fikr bildirish