Press ESC to close

O‘zbekistonda sun’iy intellektga huquqiy chegara chizilmoqda

O‘zbekistonda **sun’iy intellekt (SI)**dan foydalanish bo‘yicha maxsus qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonun orqali SI yordamida yaratilgan kontentga markirovka qo‘yish, shaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish uchun jarima joriy etilishi kutilmoqda.

2024-yilning o‘zida O‘zbekistonda 3 553 ta SI orqali yaratilgan noqonuniy material aniqlangan. Soxta videolar, mashhur insonlarning “sun’iy” ovozi va qiyofasi — bularning barchasi aholining ishonchiga tajovuz qilish uchun ishlatilmoqda.

Deputat Shahnoza Xolmaxamatova ta’kidlashicha:

“SI’ning nafaqat imkoniyati, balki xavfi ham kattalashmoqda. Markirovkalash talabi va qonunga xilof ishlov berganlarga 37,5 mln so‘mgacha jarima joriy qilish rejalashtirilmoqda.”

 Loyiha asosiy jihatlari:

  • “Sun’iy intellekt” tushunchasiga ilk bor huquqiy ta’rif beriladi.
  • Axborot tizimlarida SI’dan foydalanish tartibi belgilanadi.
  • SI orqali yaratilgan materiallar inson huquqlariga tajovuz qilmasligi shart etib belgilanadi.
  • Faqat SI xulosasiga asoslanib, inson taqdiriga ta’sir qiluvchi qarorlar qabul qilinmaydi.

Qonun loyihasi ishlab chiqishda AQSh, Kanada, Yevropa, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlar tajribasi o‘rganilgan.

Yangi qo‘shimchaga ko‘ra:

  • Noqonuniy SI faoliyati uchun ish qurollari musodara qilinadi,
  • 15 sutkagacha qamoq,
  • yoki 18,75 mln so‘mdan 37,5 mln so‘mgacha jarima belgilanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ham yaqinda sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro etika standartlarini ishlab chiqishni taklif qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan