Press ESC to close

2024-yilda O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $10,8 mlrdga oshdi

2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti bir qator muhim moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sish va o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldi. Markaziy bank taqdim etgan hisobotga ko‘ra, mamlakatning umumiy tashqi qarzi 10,8 milliard dollarga oshib, 64,1 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich mamlakat YaIMining 55,7 foiziga teng.

Investitsiyalar oqimida keskin sakrash

Yil davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof hajmi 32% ga oshib, 2,8 milliard dollarni tashkil etdi. Ayniqsa, portfel investitsiyalari uch baravarga ko‘payib, 3,1 milliard dollarga yetgani e’tiborga loyiq. Ushbu raqamlar xorijiy investorlar ishonchi ortib borayotganidan darak beradi.

Savdo balansi va eksportda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

O‘zbekistonning savdo balansidagi manfiy saldo deyarli o‘zgarishsiz qolib, 17,4 milliard dollarni tashkil etdi. Biroq eksport hajmi 4,5% ga oshdi — jami $26,2 mlrd (shundan oltinsiz $18,7 mlrd). Bu o‘sishga xomashyo narxlarining xalqaro bozorda keskin oshgani sabab bo‘ldi. Jumladan:

  • Oltin narxi — 23% ga
  • Uran narxi — 42% ga
  • Kumush narxi — 21% ga oshdi

Migratsiya va pul o‘tkazmalari: barqaror tushumlar

An’anaviy mehnat migratsiyasi yo‘nalishlarida ish kuchiga talabning ortishi va migratsiya geografiyasining kengayishi hisobiga ikkinlamchi daromadlar hajmi $10,6 mlrdga yetdi. Bu esa joriy operatsiyalar hisobidagi taqchillikni sezilarli darajada yumshatdi.

Valyuta zaxiralari va tashqi majburiyatlar

Garchi valyutadagi xalqaro zaxiralar $734 millionga kamaygan bo‘lsa-da, oltin narxining keskin o‘sishi hisobiga jami zaxira $6,6 milliardga oshib, $41,2 milliardga yetdi. Shu bilan birga, rezidentlarning valyuta aktivlari 14% ga, tashqi majburiyatlari esa shuncha foizga oshdi.

Davlat qarzidagi o‘sish nimani anglatadi?

2024-yilda O‘zbekistonning tashqi va ichki qarzlarni o‘z ichiga olgan umumiy davlat qarzi $40,19 milliardga yetdi — bu o‘tgan yilga nisbatan $5,3 milliardga ko‘pdir. Shundan davlat tashqi qarzi $33,9 milliard, korporativ tashqi qarz esa $30,2 milliardni tashkil etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan