
Men istardimki, 10 yildan keyin har bir o‘zbekistonlik Uzum haqida bilsin», — Roman Lavrentyev kompaniya rivojlanishi haqida
Roman Lavrentyev, Toshkent, Uzum COO’si
O‘zgarishlar va yangi trendlar haqida
Bugungi kunda biznesda asosiy o‘zgarish tezkorlik bilan bog‘liq. Qaror qabul qilish va rejalar tuzish jarayonlari yanada tezlashdi. Kompaniyalar shunday moslashuvchan bo‘lishga harakat qilmoqdaki, ular tashqi sharoitlarga o‘z vaqtida javob bera oladi. Masalan, mahsulotni ishlab chiqish, byudjet rejalashtirish yoki yangi funksiyalarni ishga tushirish tezligi o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashtirilgan.
Besh yil oldingi usullarni hozirgi yondashuvlar bilan solishtirsak, qaror qabul qilish va mahsulotni ishga tushirish ancha tezlashgan. Hozir kompaniyalar sharoitga moslashib, tezkor qarorlar qabul qilishga va bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda ishlashga majbur.

Yangi qiyinchiliklar haqida
Bugungi kunda eng katta muammolardan biri — malakali kadrlarning yetishmasligi. Kompaniyalar IT-mutaxassislarni tayyorlashdan tezroq o‘smoqda. Bozorda tajribali mutaxassislar kam va ularga talab juda yuqori. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda kadrlarni o‘zida saqlab qolish masalasi dolzarb. Ularning rivojlangan mamlakatlarga ketib qolishining oldini olish kerak.
Yana bir qiyinchilik — texnologiyalarga moslashish. Sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bilan ishlash jarayonlari jadal rivojlanmoqda. Endi kompaniyalar yangi texnologiyalarni o‘z tizimlariga tezda joriy qilish yo‘llarini topishi kerak.Another challenge lies in rapidly adapting to new technologies. Over recent years, technologies like AI and big data analytics have emerged. For IT companies, the task is to integrate these innovations into their existing infrastructure efficiently.
Yangi texnologiyalar va ularning ahamiyati
New technologies are finding applications across various industries. For example, machine learning (ML) technologies have been used in scoring models for over a decade, and in biotech, they are helping to make accurate diagnoses and revolutionize product development approaches.
Texnologiyalar turli sohalarda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Masalan, mashinaviy o‘qitish (ML) texnologiyalari kredit olishni baholashda, tibbiyotda esa to‘g‘ri tashxis qo‘yishda qo‘llanilmoqda.

Amaliy jihatdan qarasak, texnologiyalar jarayonlarni tezlashtirmoqda. Masalan, sun’iy intellekt marketingda va kadrlar bo‘limida ishlatilmoqda, bu esa yangi g‘oyalarni sinash va muvaffaqiyatli mahsulotlarni topishga yordam beradi. Bundan tashqari, AI dasturlashni va kodni tekshirish jarayonlarini ham yengillashtiradi.Kelajakda texnologiyalarning asosiy foydasi — yangi funksiyalarni tez-tez va muntazam ravishda ishga tushirish imkoniyati bo‘ladi. Kompaniyalar haftalik yangilanishlarni chiqarib, foydalanuvchilarga doimiy yangiliklar taqdim etadi.
Kelajakdagi xodimlar qanday bo‘lishi kerak?
Uzum madaniyatida asosiy prinsip — «ma’lumotlar fikrlardan muhimroq». Bu shuni anglatadiki, biz barcha qarorlarni real faktlar va statistikaga asoslanib qabul qilamiz. Marketing bo‘lsin yoki yangi mahsulot ishlab chiqish — har qanday qaror ma’lumotlarga asoslanadi.
Xodimlarning ikki muhim ko‘nikmasi bor: ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati va mijozlarni tushuna bilish. Raqobat kuchli bo‘lgan texnologiya sohasida foydalanuvchi ehtiyojlarini tushunish, ularning vaqtini tejash va mahsulotni foydali qilish juda muhim.
Uzum kompaniyasida biz raqamlar bilan ishlay oladigan va mahalliy madaniyatni yaxshi his qiladigan odamlarga katta ahamiyat beramiz.
Kompaniyaning kelajakdagi rejasi
Makroiqtisodiy sharoit biznes uchun dengizdagi ob-havo kabi. Kompaniyamiz katta kema sifatida har qanday sharoitga moslashishga harakat qiladi. Bizning asosiy diqqat markazimiz O‘zbekiston bozorida. Bu bozor xalqaro investorlarga hali to‘liq tanilmagan va biz uning katta imkoniyatlarini ko‘rmoqdamiz.
Biz O‘zbekiston bozoriga e’tibor qaratmoqdamiz, chunki bu bozor xalqaro investorlarga yetarlicha baholanmagan deb hisoblaymiz. Biz ushbu bozor makroiqtisodiy darajada ham, Uzum uchun ham rivojlanishiga ishonamiz. Yaqin kelajakdagi strategiyamiz O‘zbekistonda e-tijorat va FinTech segmentlarida digital mahsulotlar yaratishga qaratilgan.
Hozirgi kunda menejerlar ML’dan AI’gacha bo‘lgan barcha texnologiyalar bo‘yicha mutaxassis bo‘la olmaydi. Shuning uchun har qanday darajadagi rahbarning asosiy vazifasi — jamoa o‘z texnologiyalar va yechimlarini taklif qiladigan madaniyatni yaratishdir. Bu ochiqlik, konstruktiv tanqid va innovatsiyalar madaniyatidir.
Bizning qadriyatlarimizdan biri — “o‘zingiz va jamoangiz bilan halol bo‘lish.” Masalan, Uzumda har bir xodim o‘z g‘oya yoki taklifini bevosita CEOga elektron pochta orqali yuborishi mumkin. Ochiq eshiklar va fikr-mulohaza berish konsepsiyasi innovatsiyalar paydo bo‘ladigan muhitni yaratadi. Xususiy vositalar va metodlar yo‘nalishga bog‘liq bo‘lsa-da, aynan mana shu ochiqlik madaniyati bizni oldinga siljitadi.
Yetakchining asosiy vazifasi
Kelajakdagi yetakchi qaysi bosqichda qanday odamlar kerakligini aniq tushunishi kerak. Masalan, bir bosqichda loyihani tez ishga tushiradigan mutaxassislar kerak bo‘lsa, boshqa bosqichda strategik fikrlash qobiliyatiga ega rahbarlar muhim.
Bundan tashqari, yetakchi shunday muhit yaratishi kerakki, xodimlar o‘zlarini faqat ishlayapman, deb his qilmasin. Ular o‘z mehnatlari natijasida muhim narsalarni yaratayotganini anglasin. Shunday yondashuv jamoani ruhlantiradi va ulkan natijalarga olib keladi.
Uzumning 10 yildan keyingi ko‘rinishi
Men istardimki, 10 yildan keyin Uzum brendi odamlar hayotini yengillashtiruvchi kompaniya sifatida tanilsin. Masalan, hozirning o‘zida Uzum Bank ilovasida mobil balansni avtomatik to‘ldirish yoki kommunal to‘lovlarni amalga oshirish funksiyalari mavjud. Avvallari bunday operatsiyalar uchun bankka borish kerak edi. Endi esa bir necha soniyada bu ishlarni bajarish mumkin.
Men har bir o‘zbekistonlik Uzumni bilishini va uning xizmatlaridan foydalanishini istayman. Uzum odamlarning vaqtini tejaydigan va hayotini yaxshilaydigan brendga aylanishi kerak. Agar biz bunga erishsak, jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir qilganimizdan faxrlanaman.

Kompaniyaning jamiyatdagi roli
Uzum nafaqat biznesda muvaffaqiyat qozonishni, balki jamiyatga foyda keltirishni ham maqsad qilgan.
Misol uchun, biz IT-akademiyasini ochdik, u yerdagi talabalarga dasturlash ko‘nikmalarini o‘rgatamiz. Bu ularga nafaqat Uzumda, balki boshqa kompaniyalarda ham ishlash imkonini beradi
Bundan tashqari, ekologik loyihalarda ishtirok etyapmiz. Masalan, biz butun O‘zbekiston bo‘ylab havo sifatini kuzatish uchun sensorlar o‘rnatdik. Bu davlat organlariga ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha aniq ma’lumotlar taqdim etadi.
Shunday qilib, Uzum nafaqat biznesda, balki jamiyat va tabiatga g‘amxo‘rlik qilishda ham faol ishtirok etmoqda.
Fikr bildirish