
USAID Biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi O‘zbekiston IT startaplari uchun Web Summit Qatar 2025 tadbirida ishtirok etish imkoniyatini e’lon qiladi. Dunyoning eng nufuzli texnologik anjumanlaridan biri bo‘lgan ushbu tadbir 2025-yil 23–26-fevral kunlari Doha (Qatar) shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu sizning quyidagi maqsadlarni amalga oshirish imkoniyatingizdir:
- O‘z mahsulotingizni global maydonda taqdim etish;
- 15 000 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan investorlar, texnologiya liderlari va OAV vakillari bilan aloqalar o‘rnatish;
- Texnologiyaning eng yangi yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va tajriba orttirish;
- Fors ko‘rfazi va boshqa xalqaro bozorlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lish.
Tanlangan startaplar uchun imkoniyatlar:
Ko‘rgazma maydoni: Mahsulotingizni xalqaro auditoriyaga taqdim etib, investorlar, media vakillari va soha yetakchilarining e’tiborini jalb qiling.
Ekotizim ekskursiyalari va uchrashuvlar: Qatarning innovatsion markazlari, davlat texnologiya agentliklari va investitsiya tashkilotlarini o‘rganing. Maxsus uchrashuv sessiyalarida qatnashib, hamkorlik va rivojlanish imkoniyatlarini oching.
Pitch musobaqasi: Startaplar o‘z innovatsiyalarini ekspertlar hay’ati oldida taqdim etadigan nufuzli PITCH musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Treninglar va seminarlar: Fors ko‘rfazi bozoriga muvaffaqiyatli kirish va biznesingizni kengaytirish bo‘yicha strategik bilim va ko‘nikmalarni oling.
Investitsiya imkoniyatlari: Moliyalashtirish manbalari va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganib, startapingiz o‘sishini jadallashtiring.
Brendni rivojlantirish: Brendingizni global miqyosda tanitib, texnologik ekotizimda global o‘yinchi sifatida o‘zingizni namoyish qiling.
Saralash talablari:
Startap quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- Kompaniya 5 yildan oshmagan bo‘lishi lozim.
- O‘ziga xos dasturiy mahsulotga ega yoki innovatsion qurilmalar ishlab chiqayotgan bo‘lishi kerak.
- Mustaqil kompaniya bo‘lishi (yirik tashkilotning sho‘’ba korxonasi bo‘lmasligi).
- Minimal ishlaydigan mahsulot (MVP) va faol ishlayotgan veb-saytga ega bo‘lishi zarur.
- Konsalting, agentlik yoki davlatga qarashli tashkilot bo‘lmasligi kerak.
Qo‘shimcha baholash mezonlari:
- Biznesning rivojlanish bosqichi va o‘sish salohiyati.
- Mahsulotingizning global texnologik tendensiyalarga mosligi.
- Xalqaro bozorga, xususan Fors ko‘rfazi mintaqasiga tayyorligi.
- Moliyaviy barqarorlik va xarajatlarni bo‘lishishga tayyorlik.
- Xalqaro tadbirlardagi ishtirok tajribasi.
- Jamoaning liderlik salohiyati va xalqaro hamkorlikka tayyorligi.
- O‘zbekistonning IT sektorini rivojlantirishga qaratilgan maqsadlarga moslik.
Ishtirok shartlari:
- USAID Biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi tanlangan startap loyihalar ishtirokchilari uchun ekotizim ekskursiyalari, uchrashuv sessiyalari, ko‘rgazma maydoni va ishtirok badallarini qoplaydi.
- Tanlangan ishtirokchilar aviabilet, viza va yashash xarajatlarini o‘zlari qoplashlari lozim.
- Arizalar qabul qilish muddati: 2025-yil 31-yanvar
Ro’yxatdan o’tish
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: sirojiddin.turabekov@thepalladiumgroup.com
Fikr bildirish