Press ESC to close

Rutube O‘zbekistonda nega bloklandi

17-aprel kuni soat 14:17 dan boshlab foydalanuvchilar Rossiyalik videoxosting Rutube’ga kira olmay qoldi. Ekranlarda “Saytga kirish imkonsiz” degan yozuv paydo bo‘ldi, ba’zilar esa blokirovka VMQ-707 qaroriga tayanganini ko‘rishdi.

Rutube bunga qanday izoh berdi?

Platforma “hech qanday blokirovka bo‘lmadi” deb rad etdi va tomoshabinlar sonida o‘zgarish yo‘qligini aytdi.

Soat 17:00 ga borib sayt yana ochildi. Ammo bir necha soat ichida xizmatga kirish bir necha marta tiklanib, yana cheklovga uchradi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Rutube odatdagi tartibda ishlayapti. Biroq blokirovka yuzasidan javob berilmadi. AOKA: “Blokirovka emas, texnik muammo bo‘lishi mumkin.”

Eslatma: Mart oyida Turkiyada ham Rutube bloklangani e’lon qilingan, ammo o‘shanda ham platforma buni inkor qilgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan