Press ESC to close

Women in Tech Uzbekistan: O‘zbekiston IT hamjamiyatidagi yangi imkoniyatlar

Women in Tech – butun dunyo bo‘ylab ayollarni texnologiya sohasida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro tarmoq bo‘lib, uning O‘zbekistondagi rasmiy vakolatxonasi 2024-yilda tashkil etildi. Ushbu hamjamiyatning asosiy maqsadi ayollar va qizlarning IT sohasida rivojlanishiga ko‘mak berish hamda ularning kasbiy imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Tashkilot haqida

Women in Tech tashkiloti 2018-yilda Ayumi Mur Aoki tomonidan asos solingan bo‘lib, bugungi kunda jahon bo‘ylab 56 mamlakatda o‘z vakolatxonalariga ega. 2024-yil 2-mart kuni esa tashkilotning O‘zbekistondagi rasmiy bo‘limi ish boshladi. Markaziy Osiyo mintaqasida bunday vakolatxonaga ega bo‘lgan ilk davlat sifatida O‘zbekiston bu tashabbusni ilgari surishda yetakchilik qildi.

Hamjamiyat o‘z missiyasini 2030-yilgacha STEAM yo‘nalishlarida 5 milliondan ortiq ayollar va qizlarni qo‘llab-quvvatlash sifatida belgilagan. Bunga erishish uchun ta’lim, biznes, raqamli inklyuziya va huquqlarni himoya qilish yo‘nalishlari asosiy ustuvorlik sifatida belgilangan. O‘zbekistondagi asosiy yo‘nalishlar:

  • Ta’lim
  • Biznes
  • Raqamli inklyuziya
  • huquqlarni himoya qilish yo‘nalishlari asosiy ustuvorlik sifatida belgilangan.
O‘zbekistondagi asosiy yo‘nalishlar.

Texnologiyalar va kelajak kasblari bo‘yicha karyera yo‘llarini shakllantirish;

  • IT sohasida yangi ayol yetakchilarni tayyorlash va ularni qo‘llab-quvvatlash.
  • Texnologiyalar va kelajak kasblari bo‘yicha karyera yo‘llarini shakllantirish;
  • Kompaniyalar, universitetlar va hududlarda ayol yetakchilarning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash.
Kimlar qo‘shilishi mumkin?

Women in Tech Uzbekistan har qanday yoshdagi ayollar va qizlar uchun ochiq. Hamjamiyat o‘quvchilardan tortib, tajribali mutaxassislargacha bo‘lgan barcha qizlarga o‘z yo‘lini topish va kasbiy jihatdan o‘sish imkoniyatini yaratadi. IT sohasi bilan bog‘liq yo‘nalishlar, jumladan kiberxavfsizlik, data science, tahlil va dasturlash kabi sohalarga alohida e’tibor qaratiladi.

Hamjamiyatga a’zo bo‘lish juda oddiy – ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga obuna bo‘lish yoki WIT-Hub platformasida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Shuningdek, ayollar va qizlar volontyor, ambassador, mentor yoki spiker sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

Tadbirlar va tashabbuslar

Women in Tech Uzbekistan muntazam ravishda turli online va offline tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda. Bularga quyidagilar kiradi:

  • Women in Tech Talks – kompaniyalar bilan muloqot qilish va IT sohasidagi ayollar tajribalarini muhokama qilish;
  • Mutaxassislar bilan uchrashuvlar – soha vakillaridan maslahat olish va karyera imkoniyatlarini muhokama qilish;
  • IAmRemarkable vorkshoplari – ayollar va qizlarga ishonchni oshirish va “firibgar sindromi” bilan kurashishga yordam beruvchi mashg‘ulotlar;
  • Universitet va hududiy tadbirlar – yosh qizlarga IT sohasida o‘sish imkoniyatlarini ochib berish.

2024-yilda tashkilotning Parijda bo‘lib o‘tgan Women in Tech sammitida ishtirok etishi hamda Women in Tech CCA Awards mukofotining ilk marotaba Toshkentda o‘tkazilishi yirik muvaffaqiyatlardan biri bo‘ldi.

Kelajak rejalari

Women in Tech Uzbekistan kelgusida quyidagi yo‘nalishlarda ishlashni davom ettiradi:

  • IT sohasi bo‘yicha maxsus tadbirlarni tashkil qilish;
  • Universitetlar va hududlarda ambassador dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  • Ayollarga mo‘ljallangan ta’lim dasturlarini rivojlantirish;
  • IT sohasida faol ayollar va qizlarni xalqaro maydonga olib chiqish.

Hamjamiyatni yanada kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun hamkorlar, homiylar va volontyorlar bilan faol ishlash rejalashtirilgan. Agar siz ham ushbu harakatga qo‘shilishni istasangiz yoki hamkorlik takliflaringiz bo‘lsa, Telegram yoki uzbekistan@women-in-tech.org elektron pochta manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Women in Tech Uzbekistan – bu ayollar uchun IT olamida o‘z o‘rnini topish, rivojlanish va yangi imkoniyatlarni kashf qilish uchun noyob platforma!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan