Press ESC to close

X yana ishlamay qoldi

Elon Musk’ning X ijtimoiy tarmog‘i juma kuni navbatdagi nosozlik bilan yuzlashdi. Soat 16:00 lar atrofida foydalanuvchilar “For You” lentasi bo‘shligidan tortib, suratlar yuklanmasligi, postlar chop etilmasligi va qidiruv ishlamasligigacha bo‘lgan muammolarni bildirishdi. XMoney banking xizmati ham ishdan chiqdi.

Aytishlaricha, nosozliklar XChat – yangi shaxsiy xabar almashish funksiyasi beta holatda ishga tushirilganidan so‘ng boshlangan. Biroq kompaniya jurnalistlarga izoh bermay kelmoqda.

Bu holat 22-maydagi avvalgi uzilishdan atigi bir hafta o‘tib takrorlandi. O‘shanda ham X 24 soat davomida ishlamay, lentalar va postlar yuklanmagan edi.

Hozirda ayrim funksiyalar tiklana boshlagan bo‘lsa-da, tizim hali to‘liq barqaror emas. Dasturchilar uchun mo‘ljallangan API tizimi ham pasaygan holatda qolmoqda.

X’ning texnik barqarorligi yana savol ostida. Platforma Musk orzu qilgan “super-ilova”ga aylanishi uchun hali ko‘p ishlashga to‘g‘ri keladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan