Press ESC to close

X platformasiga endi 4K videolarni yuklash mumkin

Elon Musk boshchiligidagi X platformasi o‘z foydalanuvchilariga 4K formatdagi videolarni yuklash imkonini beruvchi yangi funksiyani joriy qilmoqda. Bu yangilik ayni damda tanlangan kontent yaratuvchilar uchun ochiq bo‘lib, tez orada premium obunachilarning barchasiga taqdim etilishi kutilmoqda.

Avvalroq X platformasi pullik foydalanuvchilarga 1080p formatda, 8 GB hajmgacha va 3 soatgacha bo‘lgan videolarni yuklash imkonini bergan edi. Endilikda esa 4K qo‘llab-quvvatlanishi bilan bu chegaralar qayta ko‘rib chiqilishi ehtimoldan xoli emas.

Bu yangilanish X’ning videokontentga qaratilgan strategiyasining bir qismidir. Elon Musk platformani sotib olganidan buyon, YouTube va Vimeo kabi raqiblarga ketayotgan auditoriyani qaytarish hamda yangi videoblogerlarni jalb etish maqsadida bir qancha video funksiyalarni joriy etib kelmoqda.

Shuningdek, X 2024-yil boshida TikTok’ning AQShda taqiqlanishi fonida vertikal videolar uchun alohida lenta hamda mobil ilovada maxsus yorliq ishga tushirgan edi. Bu esa platformaning videoga jiddiy e’tibor qaratayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan