
Yashirin demografik inqiroz va mehnat yetishmovchiligi sababli Yaponiyaning biznes sektori tobora ko’proq xizmat robotlariga tayanmoqda. Bu tendensiya yaqin yillarda katta o’sishga sabab bo’ladi.
Fuji Keizai tadqiqot kompaniyasining prognoziga ko’ra, 2030-yilga kelib Yaponiyaning xizmat robotlari bozori qariyb uch baravar o‘sib, 400 milliard iyen ($2,7 milliard) ga yetadi. Bu o’sishning asosiy omillaridan biri ishchi kuchi tanqisligi bo‘lib, Recruit Works Instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2040-yilga kelib Yaponiya 11 million ishchi yetishmovchiligiga duch keladi. Shu bilan birga, hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan institut taxminlariga ko‘ra, 2065-yilgacha mamlakat aholisining deyarli 40 foizini 65 yosh va undan katta yoshdagi kishilar tashkil etadi. Bu esa avtomatlashtirishga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshiradi.
Xizmat robotlarining mehnat bozoridagi o‘rniga misol sifatida Skylark restoranlar tarmog‘ini ko‘rsatish mumkin. Ushbu tarmoqda 3 000 ta mushuk quloqli robot mijozlarga taom yetkazib berishda yordam bermoqda. Tokiodagi ushbu restoranlardan birida ishlovchi 71 yoshli Yasuko Tagava o‘z ishining deyarli yarmi robotlar bilan bog‘liq ekanligini ta’kidladi. U hatto robotga shunday deya murojaat qildi: “Ishonaman, yaxshi ishlaysan. Sen bilan hisoblashaman.”
Yaponiya demografik qiyinchiliklarni yengish yo‘lida xizmat robotlaridan keng foydalanish orqali iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish standartlarini saqlab qolishga intilmoqda.
Fikr bildirish