Humowels kompaniyasiga tegishli Magicbot.uz super telegram veb app platformasi $50.000 Angel investordan jalb qilishga muvaffaq bo’ldi.
Bu investitsiya asosan, marketing va sotuv bo’limlarni shakllantirish, rivojlantirishga yo’naltiriladi. Bir yil davomida o’z oldiga buyuk maqsadlarni qo’ygan Magicbot.uz jamoasi, yaqinda Magicbot 2.0 taqdimotini o’tkazishdi, link.
![](https://pivot.uz/wp-content/uploads/2023/12/8-1024x576.jpg)
Magicbot o’zi qanday startup loyiha?
Humowels jamoasi 2022 – yilda asos solgan Humocommerce.com platformasi orqali juda ko’p mijozlarga elektron tijoriy veb saytlar xizmatlarini taklif qildilar, shu vaqt oralig’ida ko’pchilik saytdan ko’ra telegram botlar va instagram ijtimoiy tarmoqlarida savdo qilish ancha qulayligi haqida fikrlarini bayon qildilar. Shu vaziyatda Humowels bu vaqtni eng to’g’ri deb bilib, Magicbot loyihasini ishga tushirish uchun bel bog’ladi.
Magicbot bilan siz bir qator ham kod yozmasdan kuchli interfeys va imkoniyatlarga ega bo’lgan elektron tijorat uchun mo’ljallangan telegram veb botini 10 daqiqada ishga tushirishingiz mumkin.
![](https://pivot.uz/wp-content/uploads/2023/12/9-1024x576.jpg)
![](https://pivot.uz/wp-content/uploads/2023/12/10-1024x576.jpg)
![](https://pivot.uz/wp-content/uploads/2023/12/11-1024x576.jpg)
![](https://pivot.uz/wp-content/uploads/2023/12/12-1024x576.jpg)
![](https://pivot.uz/wp-content/uploads/2023/12/13-1024x576.jpg)
Imkoniyatlari:
- Qulay interfeys
- AI integratsiya
- Kategoriyalar va Mahsulotlar bilan ishlash dashbordi
- To’lov tizimlarini integratsiya, payme, click va boshqalar
- Buyurtmalar bilan ishlash, buyurtma statuslari, yandex orqali manzilga yetkazib berish imkoniyati
- va boshqa ko’pgina imkoniyatlarga ega
Shu kabi mahalliy startuplar rivojlanishi albatta O’zbekistonda AyTi sohasini rivojlanishi tezlashishiga olib keladi. Bir startup rivojlansa, faqatgina ish o’rinlari emas, balkim 1000, 10.000, 100.000lagan insonlar hayotini osonlashtirishi va o’zgartirishi mumkin.