Janadil Taldibaev, faunder va CEO CodiPlay, kompaniya 2023 yilda maqsadlarni bajarganini takidladi:
CodiPlayda 2023 – yilda 1,5 million dollarlik investitsiyai jalb qilishni rejalashtirishgan va natijada 2 million dollar jalb qilishga muvaffaq bo’lishgan. Hozirda Qozog’istondagi 100 ta maktab platformadan foydalanib kelmoqda. Bundan tashqari Janubiy Koreya, O’zbekiston va Ozarbayjonda yana 50 ta maktab bilan kelishuvga 2023-yilning o’zida erishishdi. Endi 150 mingdan ortiq bolalar bizning platformamizda dasturlashni o’rganmoqdalar, deydi Janabil Taldibaev.
Bu yil asosiy e’tibor xalqaro bozorlarga kengayish va investitsiyalarni jalb qilish bo’ladi. Endi MENA bozoriga yaxshilab kiramiz. Abu-Dabi va Riyodda ofislar ochamiz. Biz Codeplay-ni Quvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA va Indoneziyada ulaymiz. Yanvar oyining boshidan boshlab biz Buyuk Britaniyada faoliyat boshlaymiz. Biz bir yil ichida chet elda 1000 dan ortiq maktablarni qamrab olishni reja qilganmiz.
Endi bizning oylik foydamiz $280.000 tashkil etadi, ammo biz bu yil MRRNI 1 million dollarga oshirishni rejalashtirmoqdamiz, deydi startap asoschi.