Tadbirdan ko‘zlangan maqsad mahalliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda tajriba almashish, shuningdek venchur kapital bozoridagi dolzarb muammolar va tendensiyalarni muhokama qilishdan iborat bo’ldi.
Tadbirda venchur kapital bozorining mahalliy va xalqaro ishtirokchilari qatnashdilar, jumladan Aloqaventures ijrochi direktori o’rinbosari
Davron Parmonov so’zga chiqib, O’zbekistondagi VC va Startuplar rivojlanishi, va uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar haqida so’z olib bordi.
Bundan tashqari UzVC, Sturgeon Capital fondlari vakillari ham so’zga chiqishdi. Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi, va kelgusida ko’proq urg’u Akselaratsiya dasturlari, Fund for Fund moliyalashtirish imkoniyatlarini ko’rib chiqishyapti.
Biz ishonamizki, O’zbekistonda yaqin kelajakda ko’pgina VC fondlar va startup inkubatorlari faoliyatini boshlaydi, bu kelajakda bu diyorlarda ham Unicorn loyihalar ham chiqishi asosiy maqsad qilib olinadi.